
Yoshlar takliflarini oʻrganish, muammolariga yechim topish, bandligini taʼminlash, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish... Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati Kengashi raisining “sayyor qabul”i ham mana shunday ezgu maqsadlarni koʻzlagani bois jizzaxlik minglab yoshlarni bir joyga toʻplamoqda.
Ularda hudud yoshlari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olyapti, muammolarga yechim topilib, koʻplab masalalarda huquqiy koʻmak berilmoqda.
— 4 yil Rossiyada ishlaganman, — deydi arnasoylik Bobur Zulinov. — Oʻtgan yili qaytib keldim. Bolaligimdan musiqaga qiziqardim, bu sohada maʼlum bilim hamda koʻnikmam ham bor. Shu bois ishlab topgan pulimga musiqa va ovoz yozish jihozlarining bir qismini sotib oldim. Hozir sevgan kasbim bilan bandman. Uskunaning qolgan qismlarini xarid qilish uchun kredit olish maqsadida edim. “Yoshlar —kelajagimiz” jamgʻarmasi orqali imtiyozli kredit olishim mumkinligini bildirishib, shu yerning oʻzida manzilli rejaga kiritishdi.
“Sayyor qabul”ning asosiy maqsadlaridan yana biri chekka qishloqlardagi yoshlarning muammolarini oʻrganishga qaratilgan. Zomin tumanida oʻtkazilgan qabulda ham togʻli hudud hisoblangan Pishagʻar qishlogʻida yashovchi Gulbahor Abdullayeva shu kungacha fuqarolik pasportini olmaganini aytdi.
— Yoshim 27da. Shu kungacha pasport olmaganman, — deydi u. — Oilaviy sharoitimiz bir oz ogʻirroq: otam vafot etgan, ukalarim bor. Yagona oila boquvchisi oʻzimman.
Gulbahorning ham murojaati shu yerning oʻzida tuman ichki ishlar boʻlimi hamda tuman prokuraturasi vakillari tomonidan atroflicha oʻrganilib, ijobiy hal etildi.
Sayyor qabullar viloyatning barcha hududida davom etmoqda.
Shohida Damanova
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |