
Navro‘z falsafasi inson qalbidagi obodlik madaniyati va bunyodkorlik salohiyatini tarbiyalaydi. Yangilik va yaxshilikka intilib yashashga undaydi.
Mamlakatimiz bo‘ylab Navro‘z shukuhi kezib yurgan shu kunlarda Prezident Xalq qabulxonasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida yana bir xayrli ishga qo‘l urildi: Qarshi shahridagi 7 gektar bo‘sh maydonda «Xalq qabulxonasi bog‘i»ni tashkil etishga kirishildi.
Buning uchun chinor, eman, arg‘uvon (bagryannik), qarag‘ay, hind sireni, pavloniya, akatsiya kabi 12 turdagi 2,5 ming tupdan ortiq manzarali daraxt ko‘chatlari keltirildi.
Kuni kecha – «Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki» shiori ostidagi umumxalq xayriya hashari kunlari viloyat mas’ullari, nuroniylar, yoshlar ishtirokida Qarshi shahridagi yangi Xalq qabulxonasi bog‘iga ham yaxshi niyatlar bilan ilk ko‘chatlar qadaldi. «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasidagi bu bunyodkorlik harakatiga o‘nlab mutaxassislar, yuzlab ishchilar, hasharchilar o‘z hissasini qo‘shdi.
Ko‘pning kuchi birlashib, qisqa vaqtda 5 gektar yerga 2,5 ming daraxt ko‘chatlari ekildi, hududdagi mavjud sug‘orish tizimi ham yangilanyapti.
«Xalq qabulxonasi bog‘i»ni barpo etish ishlari davom ettirilmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |