
Navro‘z umumxalq bayrami arafasida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tgan xayriya hasharida “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi xodimlari ham faol ishtirok etdi.
Bo‘stonliq tumani yuqori turistik, tabiiy imkoniyati jihatidan boshqa hududlardan ajralib turadi. Hududga xorijiy va mahalliy turistlarni jalb qilish uchun qulay sharoit mavjud.
Shu tufayli tabiiy muhitni sof holatda saqlash, uning obod manzil bo‘lishini ta’minlash muhimdir. Hashar davomida tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi bilan hamkorlikda hududdagi asosiy avtomobil yo‘li yoqalarida keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Xususan, “Novobod” MFY hududining ikki kilometr asosiy yo‘liga asfalt qoplamasi yotqizildi. Bundan tashqari, “Chorvoq” turistik-rekreatsion zonasi direksiyasi xalqaro mutaxassislar ishtirokida Bo‘stonliq hududida mavjud dam olish maskanlari va restoranlar vakillari uchun seminar-trening tashkil qildi. Unda turizm sohasida o‘qiyotgan va amaliyot o‘tayotgan talabalar ham ishtirok etdi.
Umuman olganda, bu kabi istiqbolli tashabbus va loyihalardan ko‘zlangan maqsad hududning tabiiy muhitini borligicha saqlash va tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘rsatilayotgan turistik, mehmonxona va transport xizmatlarini kengaytirish va sifatini oshirishdir.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |