2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Spiker rahbarligidagi Ishchi guruhi Farg‘onada o‘rganishlar olib bormoqda

Parlament vakillaridan iborat Ishchi guruhlarining hududlardagi o‘rganishlari davom etmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov hamda deputatlardan tarkib topgan Ishchi guruhi Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida bo‘lib, 2024-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan muhim vazifalarning ijro etilishi bo‘yicha o‘rganishlar olib bordi.

Dastlab, deputatlar tumandagi mahalliy tadbirkor tomonidan amalga oshirilayotgan zamonaviy bog‘ tashkil etish loyihasi hamda “Bog‘i Azim ziynati” fermer xo‘jaligi tomonidan bog‘-tokzor orasida maqbul ekinlar joylashtirish tajribasi bilan tanishdi. Mazkur xo‘jaliklarda zamonaviy suv tejovchi texnologiyalar, innovatsion loyihalarning joriy etilishi natijasida hosildorlik ko‘rsatkichlari bir necha bor ortgan.

Suhbatlar chog‘ida xalq vakillari tomonidan mutasaddilarga yerdan unumli foydalanish, intensiv usulda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, bozorlarni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‘ldirish, narx-navo barqarorligini saqlash, eksport salohiyatini yanada oshirish, qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar berildi.

Ishchi guruhi tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Shoshilinch tibbiyot yordam markazi ham bo‘ldi. Tibbiyot birlashmasi 298 o‘ringa ega. Tug‘uruq, bolalar, yuqumli kasalliklar, xirurgiya va terapiya bo‘limlari, 16 ta birlamchi tizim muassasasi hamda 705 qatnovga ega ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikadan tashkil topgan. Muassasadagi mavjud muammolar, yechimini kutayotgan masalalar deputatlar tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularning yechimlari nazoratga olindi.

O‘rganishlarda aytib o‘tilganidek, 2023-yilda tumanda 77 ta yangi sanoat korxonasi ro‘yxatdan o‘tkazilib, ularning soni 397 taga yetgan. Ularda 2437,6 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, bu boradagi ko‘rsatkich 2022-yilga nisbatan 110,5 foizni tashkil qilgan. Kichik biznesning sanoatdagi ulushi esa 50,3 foizga teng bo‘lgan. O‘tgan yilda umumiy qiymati 907,1 mlrd. so‘mlik 21 ta loyiha ishga tushirilib, 1015 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.

Tumandagi suv muammolari va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar holati ham o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, tumanning ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 81,2 foizni tashkil etadi. Aholi xonadonlarining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 2023-yilda 97,6 mlrd. so‘m mablag‘ o‘zlashtirilib, 33 ta MFY hududida 28 ta ichimlik suvi qudug‘i qazilgan, 37 dona yangi suv minorasi o‘rnatilgan, 319 km. yangi ichimlik suvi tarmog‘i tortilgan. 2024-yilda 28,4 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga 98 km. ichimlik suvi tarmoqlarini tortish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, 2023-yilda 438,6 km. tarmoq, 149 ta transformator, 19 ta fiderlar mukammal hamda joriy ta’mirlangan, davlat dasturlari orqali 38 dona yangi transformator punkti, 62 km. yangi elektr uzatish tarmoqlari qurilgan.

O‘rganishlar jarayonida Spiker va deputatlar ichki yo‘llar, transport xizmati, uy-joy va kommunal xo‘jaligi, qurilish sohalarida amalga oshirilayotgan loyihalarga ham e’tibor qaratdi.

04.03.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar