2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xotin-qizlar muammolari e’tiborda

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda ijtimoiy ahvoli va turmush sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlar bilan ularni ijtimoiy – huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy qo‘llab-quvvatlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

–Jumladan, “Ayollar daftari”ni yuritish orqali ularning muammolarini tizimli ravishda hal etish choralari ko‘rilmoqda, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Go‘zal Saburova. – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, ayollarni ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yuritish maqsadida “Ayollar daftari”ning 5-bosqichi shakllantirildi.

Ushbu ro‘yxatga kiritilgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, tomorqadan daromad manbai sifatida foydalanishi uchun, ijtimoiy uylarga joylashtirish va ularning uy-joylarini ta’mirlashga ko‘maklashish, ularni tadbirkorlikka jalb qilish, moddiy yordam ko‘rsatish, turar joy ijarasi uchun kompensatsiya to‘lash, tibbiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar tegishli qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Joriy yilgi 5- bosqich “Ayollar daftari”ga kiritish maqsadida xatlov o‘tkazish ishlari 49 ta mahallaga biriktirilgan ishchi guruhlar tomonidan yakunlandi. Uning natijasiga ko‘ra 30 yoshdan yuqori bo‘lgan 46 ming136 nafar xotin-qizdan 45 ming 330 nafariga so‘rovnoma anketalari to‘ldirildi. Anketa- so‘rovnomalar to‘ldirilmagan 806 nafar xotin-qizning 340 nafari ichki migratsiyadagi, 442 nafari tashqi migratsiyadagi, 21 nafari sog‘lig‘i tufayli kasalxonada yotgan, 3 nafari jazo muddatini o‘tayotgan xotin-qizlardir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yuqorida qayd etilgan qarorining 2-bob 8-bandiga muvofiq, sektorlar rahbarlarining taklifiga ko‘ra, 5-bosqich “Ayollar daftari”ga jami 5 ming 593 nafar xotin-qiz kiritilishi rejalashtirilgan. Shundan ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar toifasiga 2 ming 253 nafar, tadbirkorlik qilish istagini bildirgan ehtiyojmand xotin-qizlar toifasiga 652 nafar, boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand xotin-qizlar toifasiga 1 ming 269 nafar, ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar toifasiga 994 nafar, uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar toifasiga 20 nafar, qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand toifasiga 405 nafar xotin-qiz kiritilishi belgilangan.

01.03.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar