
Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi tomonidan Namangan davlat universitetida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbiri hamda sayyor sud majlisi o‘tkazildi.
Dastavval tadbir qatnashchilariga keyingi vaqtlarda aholi, ayniqsa, yoshlar orasida ko‘p uchrayotgan jinoyat va huquqbuzarliklar, ularning oqibatlari haqida tushuntirish berildi. Jumladan, sodir etilayotgan giyohvandik, bezorilik, talonchilik, yo‘l-transport vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar oshib borayotgani ta’kidlandi. Jinoyat sodir etib, bugungi kunda panjara ortida o‘tirgan yoshlarning ayanchli qismati haqida so‘z yuritildi. Achinarlisi, bugun ular qatoriga oliy o‘quv yurtida ta’lim olayotgan talabalar ham qo‘shilib qolayotgani afsus bilan tilga olindi. Bu kabi holatlarning oldini olish uchun har bir yigit-qiz puxta bilim egallab, belgilangan qonun-qoidalarga amal qilishi, turli qing‘ir ishlarga qo‘l urmasligi aytildi.
Namangan shahar sudining bo‘lib o‘tgan sayyor sud majlisida talonchilik, giyohvandlik vositalarini noqonuniy saqlash, o‘tkazish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning ishlari ko‘rib chiqildi. Har bir ish bo‘yicha protsess ishtirokchilarining muzokaralari eshitilib, ish hujjatlari o‘rganildi. Yakunda sudlanuvchilarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, sud zalidan qamoqqa olindi.
Bundan tashqari, sayyor sud majlisda probatsiya guruhi hisobida turib sud tomonidan belgilangan majburiyatni o‘tayotgan shaxslarga oid taqdimnomalar ham ko‘rib chiqildi. Xatolaridan xulosa chiqargan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan, halol va foydali mehnat bilan shug‘ullanib, hayotini izga solishga kirishgan 10 kishi muddatidan ilgari jazodan ozod qilindi. Aksincha, sud tomonidan belgilangan jazodan bo‘yin tovlab, majburiyat va tartiblarga rioya etmagan ikki fuqaroning jazolari og‘irroq turdagisiga almashtirildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |