Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Kadastr sohasidagi murojaatlar ijobiy hal qilinmoqda

Abdumardon aka Yangiyev uzoq yillardan buyon Buxoro viloyatining Jondor tumanidagi Xumin qishlog‘ida yashab keladi. U o‘zi yashab turgan hovlisida qurilishlar qildi. Biroq turmush tashvishlari bilan ovora bo‘lib, uyining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishga imkoni bo‘lmadi.

Yanayam aniqrog‘i, bu ishga ancha-muncha vaqt ketib qoladi deb, astoydil kirishmadi ham. Idorama-idora yurishga hafsala qilmadi. Biroq Davlat xizmatlari markazi orqali turar joy maydonining chegara masalalariga aniqlik kiritib berishni so‘rab kadastr idoralariga qilgan murojaatidan so‘ng hammasi o‘zi o‘ylaganchalik vaqt olmasligini tushunib yetdi.

–Bir necha kun avval o‘zim yashab turgan xonadonning kadastr hujjatlarini qayta rasmiylashtirish maqsadida murojaat qildim, –deydi Abdumardon Yangiyev. –Bugun esa kadastr xodimlari uyimga kelib, o‘lchov ishlarini amalga oshirishdi. Kadastr hujjatlarimni besh kun ichida to‘liq rasmiylashtirib berishini aytishganda, to‘g‘risi, bir lahza ishonmadim. Chunki avvali bunaqa ishlar haftalab, oylab cho‘zilardi.

Mamlakatimizda aholi muammolarini yechish va ularning murojaatlarini o‘z vaqtida hal qilishga qaratilgan manzilli harakatlar natijasida  Abdumardon akaga o‘xshagan ko‘plab fuqarolarning kadastrga oid murojaatlari  tezda va sifatli hal qilinmoqda.  

–Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan ham joylarda muntazam ravishda aholi hamda tadbirkorlar uchun sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda, –deydi Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassisi Saidbek Shamsiyev. –Bu borada o‘tgan 2023-yilda boshqarma boshliqlari hamda ularning o‘rinbosarlari tomonidan 14 marotaba sayyor qabul o‘tkazilgan bo‘lsa, ularda 200 ga yaqin fuqaroning murojaatlari o‘z yechimini topgan.

Qabullarda fuqarolar tomonidan asosan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, uy-joyga egalik huquqini tiklash, yer ajratish kabi masalalarda murojaatlar bo‘lgan.

24.02.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлашИшонч телефони1 Avgust 202414 Avgust 2024Andijon viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалаларВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Mart 202427 Mart 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar