2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qirg‘iz tilida o‘qitiladigan maktab kapital ta’mirlandi

Jalaquduq tumanining Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegara hududida joylashgan Qutlug‘ mahallasidagi 43-umumta’lim maktabining kapital ta’mirlangan binosi foydalanishga topshirildi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” dasturi doirasida o‘tgan yili Qutlug‘ mahallasida keng ko‘lamli qurilish, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. 

Mahalla ko‘chalari, xonadonlar obodonlashtirildi. Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida mahalla hududidagi yog‘och ustunlar temir-beton ustunlarga, mavjud ikkita transformator yuqori kuchlanishligiga almashtirildi, yangi transformator o‘rnatildi, ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi, ko‘chalar ta’mirlandi, ma’lum qismiga asfalt yotqizildi. Shuningdek, mahalla hududidagi ijtimoiy soha ob’ektlarida ham qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. 

Jumladan, 1982 yilda qurilgan, ta’mirtalab holatga kelib qolgan mahalladagi 43- umumta’lim maktabi binosi ham kapital ta’mirlandi. 

– Maktabimiz binosi ta’mirlanib, butunlay yangicha qiyofaga keltirildi, – deydi maktab direktori, Xalq ta’limi a’lochisi Odinaxon Bo‘tayeva. – Darslar to‘la qirg‘iz tilida o‘tkaziladigan maktabimizda bugungi kunda 200 nafarga yaqin o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Davlatimiz, Prezidentimiz tomonidan darslar qardosh xalqlar tilida o‘tkaziladigan maktablarga ham alohida e’tibor qo‘rsatilayotganligidan behad xursandmiz. 

Muassasada o‘quvchilarning puxta bilim olishi, o‘qituvchilarning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur barcha sharoit yaratildi. Sinf xonalari zamonaviy jihozlar, zarur texnik vositalar bilan ta’minlandi. 

Darslar qirg‘iz tilida o‘tiladigan mazkur maktabning kapital ta’mirlanishi, yurtimizda yashayotgan qirg‘iz millati vakillarining o‘z ona tilida ta’lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berilayotganligi mamlakatimizda olib borilayotgan odilona milliy siyosatning, yurtimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, do‘stlik, hamjihatlikka asoslangan munosabatlar shakllanganligining yorqin namunasidir. 

21.02.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Светофор, радар ва йўл белгиларини ўрнатиш, пиёдалар ўтиш йўлини чизишИшонч телефони31 Avgust 202410 Sentabr 2024Xorazm viloyati
Тадбиркорлик субъектлари томонидан иш ҳақи берилмаётганлигиИшонч телефони20 Avgust 202430 Avgust 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Янги МТТ қуришИшонч телефони23 Avgust 202428 Avgust 2024Toshkent shahri
Савдода истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилишИшонч телефони8 Avgust 202420 Avgust 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar