2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Har bir murojaat ortida inson bor

Davlatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida xalqimizning turmush farovonligini yaxshilash, odamlarimizning baxtli yashashini ta’minlashdek ezgu maqsadlar mujassam.

Zero, xalq bilan muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish, ijobiy hal etish ustuvor masala sifatida ilgari surilgani xalqimizning davlatdan, jamiyatdan rozi bo‘lishida muhim omil bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi  Xalq qabulxonasiga Cho‘lquvar mahallasida yashovchi fuqaro Qayum Ortiqov murojaat qiladi. U yashash sharoiti og‘irligi, bir nafar farzandi ikkinchi guruh nogironi ekanligi, shu bois dori-darmonga ko‘p mablag‘ sarflayotgani, o‘zi esa nafaqadaligini,  yashab turgan uyining tom qismi ta’mirtalab ekanligi tufayli chakki o‘tib, bundan aziyat chekib kelayotganligi, ta’mirlash uchun mablag‘i yetarli emasligini ma’lum qilib, ushbu masalada amaliy yordam so‘raydi.  

–Murojaat yuzasidan ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro Qayum Ortiqovning xonadoniga borib holidan xabar olindi, –deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qorovulbozor tuman Xalq qabulxonasi mudiri I.Karimov. –Dastlab tuman hokimligi, tuman soliq inspeksiyasi, 4-sektor, jamoatchilik vakillaridan iborat ishchi guruhi xonadondagi ahvolni o‘rgandi. Homiylarni jalb qilgan holda uyining tom qismi shifer qoplamasi bilan qoplab berildi.  

Ma’lumot uchun: Qorovulbozor tumani Xalq qabulxonasiga 2023 yil davomida jami 865 ta jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati kelib tushgan. Kelib tushgan 865 ta murojaatning 406 tasi ya’ni 47 foizi ijobiy hal etilgan.  

23.01.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar