
O‘zbekiston Pespublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni va “Obod qishloq” dasturini 2018-yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorga asosan joriy yilning 1-aprelidan boshlab mamlakatimizning har bir tuman va shahrida, avvalo olis va tabiiy iqlim sharoiti og‘ir hududlarda 2018-yilda 2 tadan va kelgusi yillarda 3 tadan qishloqda (mahallada) aholining yashash sharoitlarini bosqichma-bosqich tubdan yaxshilash, turmush tarzi va darajasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarni ta’minlashga, mazkur qishloqlarning (mahallalarning) qiyofasini zamonaviylashtirishga va qishloq aholisi uchun ish joylarini yaratishga qaratilgan “Obod qishloq” dasturi amalga oshirilishi belgilangan edi.
Muhtaram yurtboshimizning ushbu Farmoni va Qaroriga asosan bizning “Qipchoq” shaharchamiz ham “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan edi.
“Obod qishloq” dasturiga asosan 2018-yilda shaharchamizda bir qancha qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Jumladan, shaharchamizda “Mang‘it servis” MChJ tomonidan 2 ta tozalangan ichimlik suvi sotish shahobchasi qurildi, 102 ta uy-joylar, 3,2 km. yo‘llar ta’mirlandi, 6 ta bozor infratuzilma ob’ektlarini qurish ishlari amalga oshirildi.
Shuningdek, “Obod qishloq” dasturi mablag‘i hisobidan 2-sonli MTM binosi joriy va 11-sonli maktab binosi mukammal ta’mirlandi.
Bugungi kunda shaharchamizda ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, ko‘cha chiroqlarini o‘rnatish, aholida suyultirilgan gaz ballonlari va ko‘mir bilan ta’minlash ishlari ham jadal davom etayapti.
Shaharchamiz qiyofasining tubdan o‘zgarib, aholi turmush farovonligining yuksalayotganligi nafaqat mahalliy aholini, balki bu erga tashrif buyurgan barcha mehmonlarda ham prezidentimizdan, davlatimizdan rozilik kayfiyatlari paydo bo‘layapti.
Biz yangi 2019 yilda yurtdoshlarimiz hayotlarida bundan-da ko‘proq yutuqlar va quvonchli kunlar bo‘lishga tilakdoshmiz.
Nuraddin XOLBAEV, “Qipchoq” shaharcha fuqarolar yig‘ini raisi
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |