2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax viloyat sudida ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun matbuot anjumani hamda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Tadbirda Jizzax viloyat sudi raisi Akram Shukurov viloyat sudi hamda viloyat ma’muriy sudining tuzilishi va faoliyati xususida videorolik hamda taqdimot orqali yig‘ilganlarga qiziqarli ma’lumotlar berdi.  

Jizzax viloyat ma’muriy sudi raisi S.Rahmonovning 2023 yil davomida viloyatdagi ma’muriy sudlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar xususidagi axborotini ishtirokchilar katta qiziqish bilan tingladi. O‘tgan yil yakuni bo‘yicha ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rilgan ishlarning 219 tasini yer bilan bog‘liq masalalar tashkil etgan bo‘lib, ana shu ishlarning 127 tasi qanoatlantirilgani, 68 tasi rad etilgani, 9 tasi ish yuritishdan tugatilib, 15 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan. Bu ishlar bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar yuzasidan viloyat, tuman (shahar) hokimliklariga nisbatan 111 ta xususiy ajrimlar chiqarilib, muhokama qilish va tegishli choralar belgilash uchun yuborilganligi ta’kidlandi.  

Matbuot anjumani davomida viloyat sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi R.Orziqulov, Iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi J.Qahhorov hamda Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi N.Rasulovning o‘tgan 2023 yil davomida rahbarlik qilayotgan sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan ishlar bo‘yicha axborotlari tinglandi.  

– Jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudlari tomonidan o‘tgan yilning 12 oyi davomida jinoyat ishlarining birinchi instansiyada 152 nafar shaxsning qamoq ehtiyot chorasi o‘zgartirilib, sud zalidan ozod qilingan, – deydi Jizzax viloyat sudining Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi Rahmatilla Orziqulov. – Barcha instansiyalarda 22 nafar shaxs oqlangan bo‘lsa, 516 nafar shaxsga nisbatan 331 ta jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov organi tomonidan noto‘g‘ri qo‘yilgan ayblov o‘zgartirilib, hukm chiqarilgan.

Tadbirda ishtirok etgan jurnalist va blogerlar uchun Fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.  Unda ishtirokchilar viloyat sudi Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atining sud majlislar zali, statistika, arxiv va devonxona faoliyati bilan tanishtirildi.  

Ayniqsa, fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadida joriy etilgan o‘ndan ziyod sud interaktiv xizmatlari, ulardan foydalanish tartibi va sud majlislarida masofadan qatnashish imkoniyatlari, “Adolat” axborot tizimi haqida jurnalist va blogerlarga to‘liq tushuntirish berildi.  

18.01.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar