2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yangiqishloqda yangiliklar ko‘p

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi Yangiqishloq mahallasi tumandagi obod maskanlardan biriga aylanib bormoqda. Boisi o‘tgan yilda hududda “Obod qishloq” doirasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

Mahalla hududida “Obod qishloq” dasturi doirasida 5,5 kilometr yo‘llar asfalt qilingan bo‘lsa, 4,5 kilometr yo‘l betonlashtirildi va 6,5 kilometr tuproq yo‘llarga qum-shag‘al yotqizildi. Bundan tashqari, aholi vakillarining tashabbusi bilan “Open byudjet”dan yutib olingan loyiha doirasida 2,5 kilometr yo‘lga asfalt yotqizildi. 

Mahalladagi eskirgan simyog‘ochlar o‘rniga 309 dona beton ustun o‘rnatilib, 11,5 kilometr yopiq kabel tortildi, 2 ta yangi transformator olib kelindi. Natijada aholining elektr ta’minoti yaxshilandi. Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 10 kilometrdan ziyod ichimlik suvi tarmog‘i ham tortildi. Dastur doirasida yangi qurib berilgan 150 o‘rinli zamonaviy bog‘cha mahalladagi maktabgacha yoshdagi bolajonlarning sifatli ta’lim-tarbiya olishiga xizmat qilmoqda. 

Kuni kecha yangidan qurib foydalanishga topshirilgan mahalla binosi va tumandagi 58-oilaviy poliklinikaning filiali ochilishi mahalla ahli uchun yana bir tuhfa bo‘ldi. 

– Shu kungacha mahallamizning alohida binosi yo‘q edi. Ijarada turardik, – deydi “Yangiqishloq” MFY raisi G‘anisher Mo‘minboyev. – Bu esa aholiga xizmat ko‘rsatishda ko‘pgina noqulayliklarni tug‘dirayotgan edi. Mahalliy byudjet hisobidan zamonaviy mahalla binosi qurib berildi. Unda mahallada tashkil etilgan “yettilik” uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Keyingi yillar mahallamizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlardan aholimiz ham juda mamnun. 

Yangiqishloqliklar shu kungacha mahalladan 9-10 kilometr masofada joylashgan 58-oilaviy poliklinikaga qatnardi. Bu esa yog‘ingarchilik paytlarida aholiga noqulayliklar tug‘dirayotgan edi. 

Byudjet mablag‘lari hisobidan mahalla binosining orqa tomonidagi bo‘sh turgan bino qayta ta’mirlanib, 58-oilaviy poliklinikaning filialiga aylantirildi. Zamonaviy tibbiy jihozlar va uchta tibiiy brigada bilan ta’minlandi. Bu esa aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatining oshishida muhim ahamiyat kasb etadi. 

– Tibbiyot sohasiga keyingi yillarda qaratilayotgan e’tibordan tibbiyot xodimi sifatida juda xursandman, – deydi filial potranaj hamshirasi Sarvinoz Nurmatova. – Shu sohada faoliyat yuritayotganimga o‘n yildan oshdi. Dastlab ish boshlagan yillarimni yaxshi eslayman. Sharoitlar o‘ziga yarasha, dori -darmonlar kam, tibbiy uskunalar yetishmasdi. Borlari ham eskirgan edi. Hududimizdagi aholi, ayniqsa, homilador ayollarni faqatgina ro‘yxatga olib qo‘yishdan boshqa ishni qila olmasdik, ochig‘i. Mana, sekin-sekin tibbiy uskunalar ham keldi. Dori-darmon zaxirasi ham yaratildi. Xodimlar qo‘llab-quvvatlandi. Mahallamizda yangi filial ochildi. Zamonaviy bino, uskunalar, shinam va yorug‘ xonalar, jihozlar barcha-barchasi ajoyib. Belni bog‘lab ishlaydigan, aholiga xizmat qiladigan payt keldi. 

– Nabiramni tibbiy ko‘rikka olib keldim, – deydi Sayyora Xudoyberdiyeva. – Shifokorlari juda xushmuomala ekan. Sharoitlari ham yaxshi. Ilgari oddiygina emlash uchun ham uzoq yo‘l bosib borardik. Mana mahallamizning o‘zida poliklinaka ochildi. Endi qiynalmaymiz. Bundan juda mamnunmiz. Biz keksalarning qo‘llarimiz doim duoda. Tinchligimizga, obodligimizga ko‘z tegmasin. 

Yangi qishloqliklarning qaysi biri bilan gaplashmang, shukronalik tuyg‘ularini izhor qilishadi. Yaxshi-da, obod yo‘llar va ko‘chalar, zamonaviy bog‘cha va maktablar, malakali mutaxassis va tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan poliklinika, fuqarolarning muammo va tashvishlarini tinglovchi mahalla faollari va hokazo, barcha-barchasi mahalla qiyofasining tubdan o‘zgarishiga, aholi turmushining farovonlashuviga xizmat qilmoqda. 

Xullas, Yangiqishloqda yangiliklar ko‘p...

16.01.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar