2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
DXM xizmatlari turi uch yuzdan oshdi

Bundan bir necha yil avval birorta hujjat olish uchun davlat idoralariga ishi tushgan kishilarning aksariyati sansalorlik, turli byurokratik to‘siqlarga duch kelishi aniq edi. Hattoki, oddiy ma’lumotnomani olish uchun anchagina vaqt sarflashga to‘g‘ri kelardi. Bugungi kunga kelib, bu boradagi ishlar tubdan o‘zgardi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan bir necha yil avval “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqqa xizmat qilishi lozim” tamoyili asosida boshlangan islohotlar bugun o‘z mevasini bermoqda. Chunonchi, fuqarolarning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilish, qulaylik yaratishni maqsad qilgan Davlat xizmatlari markazlari tashkil etilganligi xalqimizning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini oshirdi. Natijada o‘tgan davr ichida jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari soni ortdi, sifati tubdan yaxshilandi. Bu borada Andijon viloyatida ham salmoqli ishlar olib borilmoqda.    

– Agar e’tibor qaratadigan bo‘lsak, bundan besh yil avval markazlar orqali 30 dan ortiq turda xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning soni 300 dan ortdi, – deydi Andijon viloyati adliya boshqarmasi shu’ba boshlig‘i Akmalbek Azimov. – Markazlarning boshqa tashkilotlar bilan integratsiyalashuvi, axborot almashishning yo‘lga qo‘yilishi ana shunday natijaga erishish imkonini berdi. Eng asosiysi, ko‘rsatayotgan xizmatlar aholiga qulaylik yaratmoqda, ularning uzog‘ini yaqin qilib, vaqtini tejamoqda.    

Viloyatdagi davlat xizmatlari markazlari tomonidan o‘tgan 2023 yil davomida aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga 734 ming 574 ta xizmat ko‘rsatildi. Bu 2022 yilga nisbatan ikki barobar ko‘pdir. O‘tgan yili ko‘rsatilgan xizmatlarning 220 mingtasi ko‘chmas mulk, ta’lim, litsenziya olish va boshqa ijtimoiy sohalarga, shuningdek, 50 mingtasi tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga to‘g‘ri kelgan.    

Murojaatlarga ko‘ra, o‘tgan yili Markazlar tomonidan elektron imzo olish, uy-joy va noturarjoylarning kadastr pasportlarini tayyorlash, farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish, shuningdek, nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma, ID karta olish bo‘yicha eng ko‘p xizmatlar ko‘rsatilgan.    

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘rsatilgan xizmatlar yo‘nalishi tahlil etilganda, yil davomida yuridik shaxslarga 7 ming 774 ta xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, yakka tartibdagi tadbirkor, hunarmand, shuningdek, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat olib borayotgan dehqon xo‘jaliklariga 42 ming 54 ta xizmat ko‘rsatilgan.  

Shuningdek, o‘tgan yili aholiga kulaylik yaratish maqsadida mobil davlat xizmatlari ko‘rsatishga ham alohida e’tibor qaratildi. Ya’ni markazlar tomonidan viloyatning chekka hududlarida fuqarolarning xonadonlariga borgan holda shaffoflik asosida 19 ming 967 ta sayyor davlat xizmati ko‘rsatildi.    

Ta’kidlash joizki, amalga oshirilayotgan yuqoridagi kabi ishlar mazkur yo‘nalishdagi islohotlarning ijobiy samarasidir. Umuman, davlat xizmatlari markazlarining asosiy maqsadi aholiga turli to‘siqlarsiz, ortiqcha hujjatlarsiz, shaffof davlat xizmatlari ko‘rsatishdir.  

Olib borilayotgan yuqoridagi kabi ishlar yurtdoshlarimizga katta qulayliklar yaratish bilan birga, ularning davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlamoqda.    

10.01.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar