
“Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filialiga murojaatlar yozma va og‘zaki shaklda qilinmoqda.
Shuningdek, virtual qabulxona, ishonch telefonlari orqali ham kelib tushmoqda. Raqamlar asosida tahliliy yondashadigan bo‘lsak, o‘tgan 2023 yilda umumiy hisobda 5147 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 1420 tasi yozma, 1519 tasi og‘zaki qilingan. 1859 ta murojaat virtual qabulxona orqali va 337 tasi esa ishonch telefonlari orqali qabul qilingan. Elektron murojatlar soni 12 tani tashkil etadi. Har bir murojaat belgilangan vaqtda o‘rganilib, ijobiy jihatdan yechim topmoqda.
–Murojaatlarni o‘rganishda yangi tizim joriy etilgan, –deydi gaz ta’minoti filialining bo‘lim boshlig‘i Farruh Rajabov. –Barchasi online nazorat qilib boriladi. Ular vaqtidan kechiktirilmay o‘rganiladi. 24 soat davomida ishonch telefonlarimiz ishlayapti. O‘tgan yil kelib tushgan murojaatlarning 3654 tasi ijobiy jihatdan hal etilgan. 1229 tasi yuzasidan esa tushuntirish berilgan. 5 ta murojaat aynan tizimga taalluqli emasligi uchun rad etilgan va 259 tasi ayni damda tegishli yo‘nalish xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda.
Kelib tushgan murojaatlar tegishli yo‘nalish bo‘yicha mas’ul xodimga biriktiriladi. Vaqtida o‘rganilib, hal etiladi. Shuningdek, tushuntirish beriladi. 24 soat davomida faoliyat olib borayotgan 1104-Call markazi, 104-avariya dispetcherlik xizmati xodimlari tomonidan ham hech bir murojaat e’tibordan chetda qolayotgani yo‘q. Asosiy maqsad iste’molchiga qulaylik yaratish va murojaatlarining o‘z vaqtida hal etilishiga e’tibor qaratish ekan, bugun ta’minot xodimlari tomonidan barchasi amaliy jihatdan yechim topmoqda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |