2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Chirkay – Farg‘onadagi obod mahallalardan biri

Mahalla barchamiz uchun eng qadrdon maskan. Uning obodligi, fayziyob ko‘chalari esa dillarga g‘urur bag‘ishlaydi. Prezidentimizning topshiriqlari asosida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish borasidagi ishlar esa ko‘plab mahallalarning qiyofasini butkul o‘zgartirmoqda.

Odamlarning yashash sharoitlari yaxshilanyapti, yangi ish o‘rinlari yaratilib, farovonligi oshmoqda.

Farg‘ona viloyatida o‘tgan yilda Yozyovon, Quva, Qo‘shtepa, Rishton va Furqat tumanlaridagi 5 ta mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari ham buni yaqqol ko‘rsatib turibdi. Asosiysi,  bu ezgu ishlari samarasida yurtdoshlarimizning dunyoqarashi o‘zgaryapti.

“Chirkay” mahalla fuqarolar yig‘ini Furqat tumani markaziga yaqin hududda joylashgan. Shunday bo‘lsa-da, bu yerda ko‘plab muammolar yig‘ilib qolgandi. Ishlab chiqarish tarmoqlarining yo‘qligi,  xotin-qizlar, yoshlar o‘rtasida issizlik ko‘payishiga sabab bo‘lgan. 

“Obod xonadon, “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla” mezonlari ko‘hna maskan hayot tarzini o‘zgartirdi. Aholi xonadonlari, ko‘chalarning me’moriy qiyofasi o‘zgardi, ko‘makka muhtoj oilalar har jihatdan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlandi. Ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarni tadbirkorlik markazlariga aylantirish, ichimlik suvi keltirish, elektr uzatkichlarni yangilash, ko‘chalarni asfaltlash, maktab, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini ta’mirlash, aholi tomorqalaridan unumli foydalanishi uchun suv ta’minotini yo‘lga qo‘yish  kabi muammolarni bartaraf etish uchun  kerakli mablag‘lar ajratildi.  

–Mahallamizdagi  635 ta xonadonning holatini obdon o‘rganib chiqib,   4 toifaga ajratib oldik, – deydi “Chirkay” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Zohirjon Karimov. – Bu jarayonda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. 11,2 kilometrga yaqin ichki yo‘llarga asfalt, 4,9 kilometrga shag‘al yotqizildi. Yosh avlod, Yosh avlod-2, Tong guli, Namuna ko‘chalaridagi mavjud ichimlik suvi qudug‘i va suv minorasi ta’mirlandi, 3 ta yangi suv minorasi o‘rnatilib, har bir xonadon toza ichimlik  suvi bilan ta’minlandi. Eskirgan simyog‘ochlar o‘rniga 264 ta beton tayanch o‘rnatildi, kabellar yangilandi. Namuna ko‘chasidagi transformator ta’mirlandi, 4 ta yangi  transformator o‘rnatildi, aholining elektr energiyaga bo‘lgan talabi  yaxshilandi.

Aholi  muammolari “xonadonbay” o‘rganilib, ishsizligi aniqlangan 78 nafar fuqaroning 25 nafariga subsidiya asosida tikuv mashina, 22 nafariga mehnat qurollari olib berildi, 17 nafariga chorvachilik, tomorqachilik yo‘nalishlarida tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun imtiyozli kerditlar berildi, 15 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.  

–Tikuvchilik malakasiga egaman. Ammo uy yumushlari, farzand tarbiyasidan ortib, boshqa joyga borib ishlashga imkoniyatim yo‘q edi. Shuning uchun ishsiz ayol sifatida “Ayollar daftari”ga qayd qilingandim,–deydi Yoqutxon Qodirova. –Menga subsidiya asosida tikuv mashina olishni taklif qilishdi, rozi bo‘ldim. Endilikda uy sharoitida oilaviy tarbirkorlikni yo‘lga qo‘yib, daromad topish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Ish jarayonida tikuvchilikka qiziqqan qo‘ni-qo‘shnilarimga ham hunar o‘rgatyapman.

O‘rinbuvi Turdimatova mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan. Qaramog‘ida bo‘lgan o‘g‘li va kelini bir necha yildirki nogiron.  Xonadonda homiylar ko‘magida ta’mirlash boshlangandi.  Qisqa vaqtda uch xonali eski uy tomi shifer qilindi, ayvon yashash xonasiga aylantirilib, oshxona, tandirxona, hojatxona qurib berildi.

Hududda investitsiya dasturi, respublika va viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari,  “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “Saxovat va ko‘mak” va  jamoatchilik jamg‘armalari,  tarmoq korxonalarining homiylik mablag‘lari doirasida  keng ko‘lamda qurilish, ta’mirlash, ishlari amalga oshirildi. Aholining ehtiyojmand qatlamiga dehqonchilik qilish uchun yer maydoni, asbob-uskunalar uchun subsidiyalar ajratish, bandligini ta’minlash, moddiy yordam berish  yo‘lida kerakli mablag‘lar  ajratildi.  “Obod xonadon” mezoni asosida muammosi aniqlangan  483 ta xonadonda qurilish, ichki va tashqi, tom qismini ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

–Aholi farovonligi yo‘lida olib borilayotgan obodonchilik, bunyodkorliklar odamlar ko‘nglini  ko‘tardi, yangi maqsad, tashabbuslarga undadi, –deydi mehnat faxriysi  Abdumuxtor Jo‘rayev. – Hamjihatlikda bajarilgan ishlarni ko‘rib havasingiz ortadi. Mana bo‘larkan-ku. Hamqishloqlarimiz o‘rtasida norasmiy ravishda “Kimning uyi, ko‘chasi chiroyli” musobaqasi boshlanib ketgan go‘yo. Har bir xonadon egalari “Obod xonadon”, ”Obod ko‘cha”, ”Obod mahalla” dasturining mazmun-mohiyatini to‘liq anglab, qo‘llab-quvvatlab, har jihatdan ko‘mak berdi. Bu borada boshlangan ishlar mavsumiy bo‘lib qolmaydi, albatta. Uy, ko‘cha va mahalladagi  obodonlashtirish jarayonlariga guvoh bo‘lgan yoshlarimiz, bu ezgu an’analardan o‘ziga ijobiy xulosa chiqarib olishi tabiiy.

Mahallada tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznes tarmoqlarini qo‘llab- quvvatlash orqali  ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish choralari  ko‘rildi. Bu yo‘nalishlarda imtiyozli kredit olish istagini bildirgan, 40 nafar fuqaroga 657 million so‘m mablag‘ berildi, 3 ta kichik loyiha ishga tushirilib, o‘ndan ortiq  yangi ish o‘rni yaratildi. Umumta’lim maktabining  bo‘sh turgan binosida yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish markazi tashkil etildi. Bu yerda 20 nafardan ortiq mahalla yoshlari tikuvchillik yo‘nalishida kerakli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.

“Chirkay” mahalla fuqarolar yig‘ini uchun  yangi bino qurib berildi. Zamon talablariga mos tarzda jihozlangan binoda mahalla "yettiligi" faoliyati uchun kerakli bo‘lgan shart-sharoitlar yaratildi. Majlislar zali, “Jamoatchilik maskani” xizmatlari yo‘lga qo‘yildi. Mahalla binosiga tutush hududda "Mahalla bog‘i" tashkil etilib, 300 tup manzarali, 700 tup gul ko‘chati ekildi. Atrofi obodonlashtirilib, o‘rindiqlar, sayr yo‘laklari  qurildi. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida futbol maydoni ta’mirlandi,  “Workout” maydoni qurib bitkazildi.

Umuman olganda, bu kabi keng ko‘lamli ishlar Yozyovon tumanidagi “Tegirmonboshi” Qo‘shtepa tumanidagi “Shomirza”, Rishton tumani “Pandigon” va Quva tumanidagi  “Qoraqum” mahalla fuqarolar yig‘inlarida ham amalga oshirildi. Yurt obodligi,  aholi farovonligi  yo‘lida amalga oshirilayotgan hayotbaxsh islohotlar chekka va olis qishloqlarni   obod va ko‘rkam maskanlarga aylantirdi. Buni odamlarning e’tirofi, e’tiboriga sazovor  bo‘layotgan  amaliy ishlar ko‘rsatib turibdi.

Yangi yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish ishlari Marg‘ilon shahridagi “Baxrin”, O‘zbekiston tumanidagi “”Sulaymon”, Uchko‘prik tumanidagi “”Yakkamulla” hamda Toshloq tumanidagi “Piyozchilik” mahalla fuqarolar yig‘inida davom etadi.

05.01.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar