
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov ishtirokida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Shavkat Umurzoqov Prezidentimiz tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash, sifatli ta’lim bilan qamrab olish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda sog‘lom firklashlariga zamin yaratish bo‘yicha vazifalar belgilab berilganini ta’kidlab o‘tdi.
Qayd etilganidek, ushbu vazifalar ijrosi doirasida 2023 yil davomida ko‘makka muhtoj og‘ir toifadagi yoshlarning muammolari hal qilindi, ishsiz hamda maktab bitiruvchilarining bandligi ta’minlandi. Bundan tashqari, yil davomida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ham ko‘mak ko‘rsatilib, muammolari hal qilindi.
Yoshlarga ko‘maklashish, ularni qo‘llab-quvvatlash borasida kelgusi yilga rejalashtirilgan ishlar, yoshlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli ro‘yxat shakllantirilgani, shuningdek, “Yoshlar daftari” doirasida ko‘mak olishlari kutilayotgani aytib o‘tildi.
Uchrashuv yakunida Sh.Umurzoqov yoshlarning savollariga javob berib, o‘z hayot va mehnat tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Tadbir yakunida yil davomida yuqori natijalarga erishgan eng faol yoshlar Tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
| Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
| Пенсия ёки нафақа тўлови тўхтатилганлиги | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |
| Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |
| Шартнома ва битим шартларининг бажарилмаслиги | Веб-сайт | 3 Aprel 2024 | 24 Iyun 2024 | Toshkent viloyati |