Namangan viloyatida “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlari asosida namunali hududga aylangan mahallalar soni yana bittaga ko‘paydi.
To‘raqo‘rg‘on tumanining Zarbdor mahallasi bir-ikki oy avval ham “og‘ir hudud”lardan sanalardi. Dastur doirasida bu yerda keng ko‘lamli bunyodkorliklar, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Jarayonda aholi turmush farovonligini yaxshilash, toza ichimlik suvi, elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash, ichki yo‘llarni sozlash, umuman olganda, aholi muammolarini bartaraf etish, bandlik masalalariga alohida e’tibor qaratilgani o‘z samarasini berdi.
Bayramona kayfiyatdagi zarbdorliklarning shodligiga bugun barcha sherik bo‘ldi. Dastur bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar taqdimotida ishtirok etgan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov mahalla ahli bilan suhbatda bo‘ldi.
Nuroniylar, mahalla ahli shunday ezguliklar tashabbuskori bo‘lgan Yurtboshimizga minnatdorchilik bildirib, taraqqiyot sari odimlar bardavom bo‘lishini tilab, duo qildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |