Shavkat Mirziyoyev
2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Murojaatlar bilan ishlash oyligi

Jizzax viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Bekzod Toshpo‘latov Baxmal tumanining bir qator mahallalarida sayyor qabullar o‘tkazdi.

Baxmal tumani mahallalarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan sayyor qabul avvalida 4-sektor rahbari “xonadonbay” va “mahallabay” tizim asosida hududlardagi ehtiyojmand, kam ta’minlangan, ijtimoiy daftarlarda turuvchi fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqotda bo‘ldi, ijtimoiy ob’ektlardagi vaziyatni o‘rgandi. U xonadonlarda bo‘lib, fuqarolarning muammolarini o‘rganib, imkon qadar o‘sha joyning o‘zida bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishga harakat qildi. 

Jumladan, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i 4-sektor hududidagi “Uzunbuloq” mahalla fuqarolar yig‘iniga qarashli O‘rtaqishloqda istiqomat qiluvchi ijtimoiy himoyaga muhtoj 86 yoshli Xidirboy Elmurodov oilasida bo‘lib, ularning holidan xabar oldi. Otaxonning bir necha yildan beri bemor rafiqasiga viloyat shifoxonasida davolanishi uchun order topshirdi. Shuningdek, yana bir nechta ehtiyojmand oilalarga 11 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi. 

Bekzod Tashpo‘latov boshchiligidagi sektor a’zolari va mutasaddi tashkilotlar vakillari “Uzunbuloq” MFYda joylashgan 47-sonli umumta’lim maktabiga bordi. Ushbu ta’lim muassasasining issiqlik, elektr va ko‘mir ta’minoti, yaratilgan sharoit va dars jarayonlari hamda maktab jamoasining “Tashabbusli byudjet” tanlovi natijalari bilan tanishdi. 

4-sektor hududidagi mazkur maktab jamoasi 2023 yilda o‘tkazilgan “Tashabbusli byudjet” tanlovida “Sinfxonalarni jihozlash, kompyuter va o‘quv uskunalari xarid qilish” loyihasida eng ko‘p –17 mingta ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgandi. Natijada maktab pedagogik jamoasiga 1 milliard 150 million so‘m mablag‘ ajratildi va zarur o‘quv jihozlari olib kelib o‘rnatildi, sinfxonalar ovozli kuzatuv kameralari bilan ta’minlandi. 

So‘ngra tumandagi 43-sonli umumta’lim maktabida “Uzunbuloq” hamda “Madaniyat” MFY aholisi uchun ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi. Unda mahallalar fuqarolari ichimlik suvi, elektr ta’minoti, yo‘llarga shag‘al yotqizish, ta’lim krediti olishda ko‘maklashish, uy-joyning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq 15 dan ziyod murojaat qabul qilindi. Ushbu murojaatlarning 6 tasi joyida yechimini topgan bo‘sa, 3 tasi yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi, qolganlari tegishli tartibda nazoratga olinib, mas’ullarga ijro etish yuzasidan aniq vazifalar yuklatildi. 

Shuningdek, tumandagi “Shodlik” MFY “mahalla yettiligi” bilan hududdagi mavjud muammolar atroflicha tahlil qilindi. Tashkil etilgan sayyor qabulda fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarga shag‘al to‘kish, serqatnov avtomobil yo‘llarining piyodalar, asosan, o‘quvchilar kesib o‘tadigan qismiga yo‘l belgilari o‘rnatish, ko‘mir va suyultirilgan gaz balonlari bilan ta’minlash, kredit olishda ko‘maklashish, ichimlik suvi ta’minoti kabi qator masalalar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi. 

18.12.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлашИшонч телефони1 Avgust 202414 Avgust 2024Andijon viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалаларВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Mart 202427 Mart 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar