2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Obod va koʻrkam mahallalar

Mamlakatimiz boʻylab quloch yoygan “Obod xonadon”, “Obod koʻcha”, “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida boshlangan bunyodkorlik ishlari chekka va olis hududlar hayot tarzini tubdan oʻzgartirdi. Joylarda aholi uchun muhim boʻlgan shart-sharoitlar yaratib berishga boʻlgan eʼtibor oshdi, tashabbuslar qoʻllab- quvvatlandi.

Mamlakatimiz boʻylab quloch yoygan “Obod xonadon”, “Obod koʻcha”, “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida boshlangan bunyodkorlik ishlari chekka va olis hududlar hayot tarzini tubdan oʻzgartirdi. Joylarda aholi uchun muhim boʻlgan shart-sharoitlar yaratib berishga boʻlgan eʼtibor oshdi, tashabbuslar qoʻllab- quvvatlandi.

Furqat tumanida “Chirkay” mahalla fuqarolar yigʻini uchun zamonaviy bino qurib berildi. Bu yerda Respublika byudjeti doirasida 900 mln. soʻmdan ortiq qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi. Zamon talablariga mos tarzda jihozlangan muhtasham binoda mahalla “yettiligi” faoliyati uchun kerakli boʻlgan shart-sharoitlar yaratildi. Majlislar zali, “Jamoatchilik maskani” xizmatlari yoʻlga qoʻyildi. “Mahalla” xayriya jamoat fondi mahalla binosini kerakli mebel va kompyuter jihozlari bilan taʼminladi.

Mahalla binosiga tutish hududda “Mahalla bogʻi” tashkil etilib, 500 tup manzarali, 600 tup gul koʻchatlari ekildi. Atrofi obodonlashtirilib, oʻrindiqlar, sayr yoʻlaklari qurildi. Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida futbol maydoni taʼmirlanib, “Workout“ maydoni qurib bitkazildi.

— Shu kunga qadar “Obod xonadon”, “Obod koʻcha”, “Obod mahalla” mezonlari joriy qilingan Qoʻshtepa tumanidagi “Shomirza”, Rishton tumani “Pandigon”, Quva tumani hududidagi “Qoraqum” mahalla fuqarolar yigʻinlariga ham mebel va kompyuter jamlanmalari yetkazib berildi,-deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boshqaruvi raisi Bahodirjon Yulbarsov.- Bundan tashqari, viloyatimizda yangidan foydalanishga topshirilgan yana 14 ta mahalla fuqarolar yigʻinlariga umumiy qiymati 310 million soʻm boʻlgan mebel va kompyuter jamlanmalari bilan taʼminlandi.

Mahalla binosining foydalanishga topshirish marosimida Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

15.12.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar