2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabul: murojaatlar joyida hal etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ishchi guruhi va Surxondaryo viloyat sudi rahbariyati Denov, Sherobod tumanlari hamda Termiz shahrida sud-huquq masalalariga oid ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.

Ikki kun davom etgan ochiq muloqotda fuqarolarning yuzdan ortiq murojaati tinglanib, tegishli tartibda ko‘rib chiqildi. Ularning 25 tasi jinoyat ishi, 70 ga yaqini fuqarolik ishi va o‘ndan ortig‘i ma’muriy ishga oid masalalar bo‘lib, 37 tasi joyida hal etildi. 63 ta murojaat yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahat berildi.

Sayyor qabul doirasida taqdimnoma va iltimosnomalar asosida ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash va axloq tuzatish ishi jazosini o‘tayotgan 114 nafar mahkum jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.  

–Jinoyat ishlari bo‘yicha Sherobod tuman sudida ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan 13 nafar mahkumning jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilib, manzil-koloniyadan ozod etildi,¬ –deydi Surxondaryo viloyat sudi  jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘yicha bosh konsultanti Asqar Qudratov.¬ Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudida 4 nafar ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan mahkumning saqlash sharoiti o‘zgartirilib, umumiy tartibli koloniyadan manzil koloniyasiga o‘tkazildi. 5 nafar shaxsga oid ayblov xulosasi bo‘lgan jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 661-moddasiga asosan yarashuv asosida ko‘rilib, harakatdan tugatildi. 4 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi sudlar tomonidan ochiq sud majlisida ko‘rilib, ularga qo‘llanilgan qamoq ehtiyot chorasi bekor qilindi va sud zalida qamoqdan ozod etildi.

Qabul jarayonlarida murojaatlari ijobiy hal etilgan fuqarolar davlatimiz va odil sudlovga minnatdorlik bildirdi.  

16.12.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта товонини қоплашИшонч телефони20 Iyun 202421 Iyun 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Тадбиркорлик субъектлари томонидан иш ҳақи берилмаётганлигиИшонч телефони20 Avgust 202430 Avgust 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Светофор, радар ва йўл белгиларини ўрнатиш, пиёдалар ўтиш йўлини чизишИшонч телефони31 Avgust 202410 Sentabr 2024Xorazm viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar