2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ulug‘bek Qosimov viloyat shtabiga tushgan murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi

Qishning sovuq kunlari boshlanib, aholining energiya resurslariga ehtiyoji ortmoqda. Surxondaryo viloyatida sovuq oqimidan tabiiy gaz bosimi pasaydi.

Bu holat ba’zi tarmoqlarda muammolarni yuzaga keltirib, iste’molchilarning viloyat navbatchilik shtabiga murojaat etishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, Termiz shahridagi Majnuntol mahallasining Farovon massividagi ko‘p qavatli uylarda yashaydigan iste’molchilar shtabga tabiiy gaz ta’minotidagi muammolar bo‘yicha murojaat etdi.

Prezidentimiz 2021 yil 1-2 iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida Termiz shahridagi iste’molchilarning tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash va “Termiz” erkin iqtisodiy zonasini tabiiy gaz bilan ta’minlash uchun Angor tumanidagi “Qoraqir” avtomatlashtirilgan gaz taqsimlash shoxobchasidan yuqori bosimli gaz quvurlarini tortish topshirig‘ini bergan edi. Lekin, qurilish ishlari bu yil ham yakunlanmadi.  

Yangi loyiha foydalanishga topshirilgach, viloyat markazidagi 10 mingga yaqin ko‘p qavatli uy va yakka tartibdagi turar-joy binosi, shuningdek, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy soha tarmoqlariga ishonchli tabiiy gaz yetkazib beriladi. “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi tabiiy gaz bilan ta’minlanib, mahsulot ishlab chiqarish hajmi va turlari ko‘payadi, yangi ish o‘rinlari barpo etiladi.  

Ulug‘bek Qosimov shtabga kelib tushgan murojaat asosida Termiz shahrining Majnuntol mahallasidagi Farovon massivida bo‘lib, mahalla “yettiligi” bilan mavjud muammolarni muhokama qildi. Farovon massivida aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgan tabiiy gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni bartaraf etish bo‘yicha soha mutasaddilarining axborotlari tinglandi.  

Shu kuni viloyat hokimi Angor tumanida ham bo‘lib loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. “Qoraqir” avtomatlashtirilgan gaz taqsimlash shoxobchasini ko‘zdan kechirdi. Quruvchilar gaz taqsimlash shoxobchasidan Termiz shahrigacha 38,9 kilometr masofaga yuqori bosimli gaz tarmog‘ini o‘tkazgan. Ayni paytda uni past bosimli tarmoqqa ulash jarayonlari davom etmoqda.  

Viloyat hokimi loyihani tezroq yakunlash va tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash yuzasidan topshiriqlar berdi.  

13.12.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar