2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Obodlik ostonadan boshlanadi

Mamlakatimizda aholining turmush tarzini yuksaltirish, ayniqsa, qishloqlarda yashash sharoitlarini yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Obod mahalla – obod xonadon – obod ko‘cha" dasturi ana shu yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qilmoqda.

Andijon viloyatida tanlab olingan 5 ta – Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Qizilto‘qay, Jalaquduq tumanidagi Qutlug‘, Bo‘ston tumanidagi Mehnatobod,  Izboskan tumanidagi Guliston hamda Baliqchi tumanidagi Xalfachek mahallalarida mazkur dastur doirasida amalga oshirilgan qurilish, bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari, aholi muammolarini bartaraf etishga qaratilgan keng ko‘lamli choralar bunga yaqqol misoldir.  

Tanlab olingan mahallalarda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha har bir tumanda ishchi guruhlar  tuzildi. Ular tomonidan 2 ming 686 ta xonadon o‘rganilib, xatlovdan o‘tkazildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahalla va xonadonlar toifalarga ajratilib, odamlarni qiynayotgan 8 ming 947 ta masala va muammolar aniqlandi. O‘ta og‘ir sharoitda yashayotgan, uy-joyi ta’mirga, obodonlashtirishga va ko‘makka muhtoj, 4-toifaga kirgan 84 ta xonadonga ko‘maklashish choralari ko‘rildi. Bundan tashqari, “Temir daftar” ga kiritilgan 10 nafar, “Ayollar daftari” ga daftarga kiritilgan 375 nafar, “Yoshlar daftari” ga kiritilgan 78 nafar nafar fuqaroning muammolarini bartaraf etish bo‘yicha choralar belgilandi. Hozirga qadar ularning aksariyati ijobiy hal etildi. Shuningdek, dastur doirasida Bo‘ston tumanidagi “Mehnatobod”, Baliqchi tumanidagi “Xalfachek” mahalla fuqarolar yig‘ini binolari ta’mirlanmoqda. Izboskan tumanidagi Guliston mahallasining idorasi kapital ta’mirlandi, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi Qizil to‘qay mahallasi idora binosi yangitdan qurildi.  

Mahallalarda jami 263 kishi ish bilan ta’minlandi. Shundan 55 nafari doimiy ishga joylashtirildi, 14 nafari kasb-hunarga o‘qitilmoqda, 149 nafari haq to‘lanadigan ishlarga jalb etilgan, 40 nafari o‘zini-o‘zi band qilgan bo‘lsa, 5 nafari tadbirkor sifatida o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan. Mahallalardagi 11 ming 978 nafar fuqaro to‘la tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 82 nafar fuqaroga davolanishi uchun order berilib, shifoxonalarga joylashtirildi. 324 nafar kishi bepul dori-darmon vositalari bilan ta’minlandi.  

Tanlab olingan mahallalardagi fuqarolarning 14 nafariga tikuv mashinasi, 2 nafariga asbob-uskuna va mehnat qurollari berildi, “Yoshlar daftari”dagi 9 nafar talabaning oliy ta’lim muassasasida o‘qishi uchun shartnoma to‘lovi o‘tkazib berildi. “Ayollar daftari” dagi 11 nafar xotin-qizga 45 million so‘m miqdorida kredit ajratildi. “Temir daftar”da turuvchi va ehtiyojmand xonadonlardagi 539 nafar fuqaroning 1 nafari 2 xonali uy bilan ta’minlandi, 156 nafarining uy-joyi ta’mirlab berildi, 178 nafariga ko‘mir, 202 nafariga qish zaxirasi uchun oziq-ovqat mahsuloti, 2 nafar nogironligi bor fuqaroga eshitish moslamasi va nogironlik aravachasi berildi.  

Shuningdek, dastur doirasida elektr energiyasi, ichimlik suvi, tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti, ichki yo‘llarni yaxshilash bo‘yicha ham ishlar olib borildi. Shuningdek, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, aholining turmush madaniyatini yuksaltirish, xonadonlarni obod hamda ko‘rkam qilish, qurilish me’yorlari va sanitariya-gigiyena qoidalariga, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalariga rioya etish, farzand tarbiyasi, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, kasanachilikni rivojlantirish, kitobxonlikni keng targ‘ib etishga qaratilgan seminar, muloqot, uchrashuv va davra suhbatlari, turli sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.  

10.12.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar