Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Bojxonachi – tadbirkorga ko‘makchi

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi mas’ullarining ommaviy sayyor qabuli davomida viloyatning Kogon hamda Qorako‘l tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlari hamda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining sohaga oid muammolarini o‘rganish, ularga amaliy ko‘mak berish maqsad qilindi.

Masalan, Kogon shahridagi o‘rganish ishlari davomida “BUXORO GYPSUM”  MCHJ mutasaddilarining murojaati, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Qutlimuratov tomonidan tinglandi.

Murojaatchining “Vakolatli iqtisodiy operator” maqomini olish bo‘yicha qilgan murojaatiga javoban shu yerning o‘zida u bilan birgalikda tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi. Qisqa fursatli o‘rganish ishlaridan so‘ng, unga “Vakolatli iqtisodiy operator” maqomini olishi mumkinligi aytib o‘tildi.

Ma’lumot uchun: “BUXORO GYPSUM” MCHJ 2017 yilda tashkil etilgan. Korxona asosan qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Joriy yil hisobida korxona tomonidan 2,9 ming tonna xom-ashyo qayta ishlash maqsadida xorijdan olib keltirilgan. 2023 yilning o‘tgan davri mobaynida umumiy qiymati 4 million dollarga teng bo‘lgan tayyor mahsulotlar Tojikiston, Afg‘oniston, Qozog‘iston va Turkmaniston davlatlariga eksport qilingan.

Bojxona organi xodimlarining mazkur korxona vakillari bilan bo‘lib o‘tgan so‘nggi uchrashuvlarida bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimining afzalliklari yuzasidan tushuntirish ishlari ham olib borilgan.

19.11.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar