Jizzax viloyat IIB boshlig‘i, general-mayor G‘ayrat Qodirov Zomin tumanidagi sayyor qabulda fuqarolarning ichki ishlar organlariga daxldor masalalarini ko‘rib chiqdi.
Zomin, Yangiobod hamda Zarbdor tumanlari aholisi ishtirok etgan muloqotda yo‘l belgilari o‘rnatish, ID karta rasmiylashtirish, o‘g‘irlik, firibgarlik va tovlamachilikka oid murojaatlar mas’ullar ishtirokida ko‘rildi. Sayyor qabul davomida bir necha fuqaro xizmat vazifalariga vijdonan yondashib, sodir etilgan jinoyatlarni fosh etgan ichki ishlar organlari xodimlariga minnatdorlik bildirdi. Muloqot davomida ko‘tarilgan 30 ga yaqin masalaning aksariyati joyida hal etildi. Ijrosi vaqt talab etiladigan murojaatlarni yechish borasida mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatilib, ijrosi nazoratga olindi.
Tadbir so‘nggida fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston fuqaroligi berilgani uchun ularga ID kartalar topshirildi.
IIB boshlig‘i, general-mayor G‘.Qodirov “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Zomin tumani IIB xodimlari tomonidan “Mustaqillik” MFY hududida barpo etilayotgan 2 gektarlik bog‘da kuzgi ko‘chat ekish hasharida ishtirok etdi.
Shu kuni yangi boqqa tuman IIBda xizmat qilayotgan barcha xodimlar faollik ko‘rsatib, 2 ming 200 tup bodom, tut, archa, terak kabi mevali va manzarali ko‘chatlar ekdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Тадбиркорлик фаолиятини ривожлантириш учун кредит | Ишонч телефони | 9 Aprel 2024 | 19 Aprel 2024 | Andijon viloyati |
Пиллачилик | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
Иш ҳақи, устама ҳақ ва қўшимча тўловларни ҳисоблаш ва тўлаш (таснифланадиган компенсациялар мустасно) | Ишонч телефони | 1 Avgust 2024 | 14 Avgust 2024 | Andijon viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлари | Веб-сайт | 9 Mart 2024 | 27 Mart 2024 | Jizzax viloyati |