2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Toshkentda yangi “Konstitutsiya bog‘i” yaratilmoqda

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bugun butun mamlakat miqyosida “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ushbu tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, Bosh prokuratura va Bektemir tumani hokimligi hamkorligi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hashar tashkil etildi. Mazkur loyiha doirasida davlat tashkilotlari xodimlari, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.  

Ushbu loyihani amalga oshirishdan maqsad tuman eko-muhitini yaxshilash, daraxtlarni ekish va parvarish qilish sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, yer maydonlaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini hisobga olgan holda hududlar iqlimiga mos manzarali va mevali daraxtlarni mahalliylashtirishdan iborat.  

Hashar davomida Bektemir tumani 1-sektor hududida joylashgan “Iyk ota” mahallasida yangi “Konstitutsiya bog‘i” barpo qilinib, manzarali daraxtlar ko‘chati o‘tkazildi.    

Bog‘ning umumiy maydoni 2 gektar bo‘lib, loyiha doirasida 1500 ga yaqin poloniya, 2 xil turdagi 100 ga yaqin archa kabi manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Yana bir e’tiborli jihati shundaki, yangi barpo etilgan bog‘ tomchilatib sug‘orish tizimi orqali sug‘oriladi.  

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, tumanda shu kunga qadar 50 mingdan ortiq daraxt ko‘chatlari o‘tqazilib, qarovsiz yerlar yashil hududga aylantirildi.  

16.11.2023

Foydali resurslar