Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Farg‘onada elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash ishlari jadal olib borilmoqda

O‘tgan yil qish mavsumida Farg‘ona shahrida elektr energiyasi ta’minotida ayrim muammolar yuzaga kelgan edi.

Ana shuni inobatga olgan holda iste’molchilarga uzluksiz, sifatli elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida shaharda  qishga tayyorgarlik ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Xususan, “Ma’rifat”, “Mash’al”, “Gulzor”, “Iftixor” hamda Sharof Rashidov nomidagi mahalla fuqarolar yig‘inida yangi yuqori kuchlanishdagi kabel tortilmoqda.

Belgilangan  ishlarni  uzog‘i  bilan o‘n kunda yakuniga yetkazish maqsadida 50 nafardan ortiq ishchi-xodim, mutaxassis hamda 4 ta maxsus texnika jalb etilgan. Zarur bo‘lgan elektr kabellari va materiallar  peshma-pesh keltirilmoqda.  

Bundan tashqari “Farg‘ona elektr tarmoqlari” hududiy korxonasining tajribali xodimlari Buvayda, Bag‘dod, Rishton hamda Oltiariq tumanlaridagi 17 mingdan ziyod  iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berishni yaxshilash uchun 10 km uzunlikda yangi liniya tortish ishlarini ham olib bormoqda.  

12.11.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar