Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari J.Zohidov ishtirokida viloyatning Ko‘kdala tumani “Chorvador“ MFYda sayyor qabul tashkil etildi.
Qabulda tuman adliya bo‘limi, YAXKM, FHDYO, DXM, notarius, advokat hamda tuman tashkilotlari mas’ullari ishtirok etdi.
Muloqotda Qanotli, Toshli kabi qo‘shni mahallalar fuqarolari ham qatnashib, masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar olishdi.
Bunda, ayniqsa, “Ayollar daftari”ga kiritilgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, alohida nazoratda turgan fuqarolar murojaatlari yuzasidan muammolar o‘z joyida yechim topdi.
Masalan, “Chorvador” mahalla fuqarosi Gulhayo Rahmatillayevaning 9 yildirki nikoh guvohnomasi yo‘q. U ayni paytda 2 farzandning onasi. Oilada e’tiborsizlik hamda masofa uzoqligi sababli vaqtida nikoh hujjatini tiklashda amaliy ko‘mak so‘rab murojaat qilmagan. Uning murojaatiga shu yerning o‘zida ijobiy yechim topildi.
Fuqaro Azamat Jo‘rayev marhum ukasi Rustam Jo‘rayevning vafot etganlik haqidagi guvohnomasini rasmiylashtirish bo‘yicha murojaat qildi. Shu kunning o‘zida murojaat talabi qanoatlantirilib, o‘limni qayd qilish bo‘yicha guvohnoma berildi.
Bundan tashqari, qabulda nikohdan o‘tish istagida bo‘lgan yoshlarning arizalari qabul qilinib, tuman FHDYO bo‘limi tomonidan ish yurituviga olindi.
Sayyor qabul davomida jami 50 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etgan bo‘lsa, 30 ga yaqin fuqaroning murojaati joyida hal etilib, 12 nafar fuqaroning murojaati ish yurituviga olindi. 8 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berilib, 10 nafardan ortiq fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi hamda 3 nafar fuqaroga shaxsni tasdiqlovchi hujjatini olishda amaliy yordam berildi.
Tadbir doirasida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish” nomli huquqiy aksiya ham o‘tkazilib, aksiya doirasida fuqarolarga nogironlik aravachalari va boshqa zarur vositalar topshirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |