2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Farg‘onaning obod manzillari

Farg‘ona viloyatida qurilish-bunyodkorlik ishlari qizg‘in pallaga kirgan. Ko‘kka bo‘y cho‘zayotgan muhtasham turar joy binolari, yashillikka burkangan bog‘lar, zamonaviy savdo va dam olish maskanlari shahar hamda qishloqlar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda. Bunday obod manzillar odamlarning dunyoqarashi, yashash tarzini o‘zgartirmoqda.

Farg‘ona – Vodil katta avtomobil yo‘li bo‘ylab yastanib yotgan Mindonobod adirliklari asrlar davomida ko‘pning e’tiboridan chetda qoldi. Yerlarni o‘zlashtirish, uy-joylar qurish, suv, yo‘l, elektr, tabiiy gaz singari infratuzilma tarmoqlari tortish ushalmas orzu sifatida qaralgan. Endilikda bunday ishonchsizlik o‘rnini yaratuvchanlik, bunyodkorlik, ijodkorlik amallari egalladi.

Farg‘ona tumanidagi osmon qadar yuksalib borayotgan “Yangi O‘zbekiston” massivi odamlar hayot tarzida yangi imkoniyat eshiklarini ochdi. Yaxshi umidlar, ezgu maqsad yo‘lida bu yerni Vatan tutganlar dasht yerlarni o‘zlashtirib, obod maskanga aylantirish yo‘lida barakali mehnat qilmoqda. Umumiy maydoni 20 gektardan ortiq bo‘lgan yangi massivda bunyodkorlik ishlari avjida. Bu yerda 1 ming 428 xonadonga ega bo‘lgan 33 ta ko‘p qavatli energiya tejamkor uy-joylar qurilmoqda. Bugunga qadar 990 o‘rinli maktab, 120 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti, 50 qatnovga ega bo‘lgan oilaviy poliklinika qurib bitkazildi.

– “Yangi O‘zbekiston” massivi qurilishi uchun aynan Mindonobod hududi tanlab olingani bejiz emas, – deydi Farg‘ona viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi bosh mutaxassisi Ma’murjon Yusupov. – Dengiz sathidan 540 metr balandlikda joylashgan hudud musaffo ob-havosi bilan ajralib turadi. Yoz issig‘ida ham mayin shabboda epkinidan bahra olib, dilingiz yayraydi. Hududda 5, 7, 9 qavatli ko‘rkam uy-joylar qad rostlamoqda. Shu kunga qadar 5 ta besh qavatli va 1 ta yetti qavatli uy-joy qurib bitkazildi. Qurilayotgan uy-joylarning mustahkam va sifatli bo‘lishi nazoratda. Bunda yer qatlamini kovlash, poydevor qurish, g‘isht terish, issiq va sovuqdan himoya vositalari, energotejamkor jihozlar o‘rnatish, zilzilabardoshlik bilan bog‘liq jarayonlar e’tiborga olingan.

Qurilish, obodonlashtirish ishlari bir dam bo‘lsa-da to‘xtagani yo‘q.

– Bu yerda 5 qavatli, bir yo‘lakdan iborat 20 xonadonli ko‘p qavatli uy quryapmiz, – deydi “Imorat qurilish invest” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Ahadjon Yakubov. – Yangi uylarni mustahkam, sifatli va arzon qilib qurishga e’tibor qaratyapmiz. Yigirmadan ortiq malakali quruvchilar jalb etilgan. Ayni kunda pardozlash ishlari olib borilyapti.

Uy-joy olish istagida bo‘lgan fuqarolar qurilish jarayonlari bilan bevosita tanishish, taklif berish, tanlash imkoniyatiga ega. O‘ziga xos me’moriy qiyofaga ega shahar loyihasi hududga ulug‘vorlik kasb etmoqda. Umumiy maydoni 4 gektar bo‘lgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga ming tupdan ortiq turfa manzarali daraxtlar ekildi. Bog‘ hududida sayilgoh, dam olish maskani, ko‘ngilochar o‘yingohlar, umumiy ovqatlanish shoxobchalari quriladi.

– Osmon qadar bo‘ylashib qurilayotgan, yangi shaharga ko‘chib kelib, vatan tutdik, – deydi Muslim To‘lanov. – Uy-joylar olaman degan har bir oilaga, maqbul narxlarda, uzoq muddatli kredit, subsidiya asosida berilayotgani ayni muddao. Hamma qulayliklar mujassam, juda ko‘rkam, chiroyli. Bundan tashqari, yashash hududimizga tutash maktab, bog‘cha, tibbiy xizmat, savdo singari kundalik hayot tarzi uchun muhim bo‘lgan tarmoqlar qurilib ishga tushirilgani og‘irimizni yengil, uzog‘imizni yaqin qilmoqda.

Tuman hokimligi binosida uy-joy “Ipoteka markazi” tashkil etildi. Bu yerda bank krediti, subsidiya ajratish, imtiyozlar bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonlari qamrab olingan. Uy oluvchi fuqarolik pasporti bilan markazga kelib, yangi uy sohibi bo‘lib qaytish imkoniyati bor.

– Keyingi besh yilda tumanimizda 67 ta ko‘p qavatli va 230 ta namunaviy loyihadagi uy-joylar qurildi, – deydi Farg‘ona tuman uy-joy bo‘limi bosh mutaxassisi Odilbek Nomonjonov. – Davlatimiz rahbarining “Yangi O‘zbekiston” massivlarini barpo etish tashabbusi imkoniyat ko‘lamlarini yanada kengaytirdi. Avvallari chekka hududlarda 5-7-9 qavatli zamonaviy uy-joylar qurish ushalmas orzu edi. Endilikda bunday osmono‘par uylar qurilishi kundan kunga rivojlanib borayotgani nafaqat hudud, balki atrof qishloqlar, odamlar turmush tarzida o‘ziga xos o‘zgarish, farovonlik olib kirayotgani bilan ahamiyatli. Bunyodkorlik, yaratuvchanlik xalqimizga xos qadriyatlardan. “Yangi O‘zbekiston” massivlari qurilishi esa har bir hududning o‘ziga xos timsolini yaratmoqda. Bir birini takrorlamagan, sharqona nafislik, zamonaviy me’morchilik an’analari bilan uyg‘un tarzi yuksalib borayotgan qaddi baland yangi megapolis shaharlar ko‘hna maskanlarga ulug‘vorlik kasb etmoqda.

29.10.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar