2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabul: yuzlab muammolar oʻz yechimi topdi

Hech bir fuqaro oʻz muammolari bilan yolgʻiz qolmasligi kerak. Aholi kayfiyati – islohotlarimiz va siyosatimizning koʻzgusidir – bu davlatimiz rahbarining qatʼiy topshirigʻi.

Respublika ishchi guruhi boshchiligida Toshkent shahrida sud-huquq masalalari boʻyicha oʻtkazilgan navbatdagi ommaviy qabul ham ayni shu ezgu maqsadlar roʻyobiga xizmat qildi.

Ochiq va samimiy muloqotlarda sudlar tomonidan sud qarorlaridan nusʼhalar olish, sudlanganlikni olib tashlanishi, yoʻl harakati xavfsizligi qoidalari, belgilangan jarimalarni kamaytirilishi va bekor qilinishi hamda boshqa turdagi jami 98 ta murojaatlar joyida ijobiy hal etildi.

Xususan, 8 nafar shaxslarga nisbatan jazodan shartli ozod qilish bilan bogʻliq ish materiallar sayyor sud majlislarida koʻrib chiqildi, 98 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan oldin shartli ozod qilindi, 2 nafar shaxslar ishga tiklandi, 3 nafar shaxsni aliment undirish yuzasidan qilgan murojaatlari ijobiy hal etildi.

Xususan, qabullar davomida Jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tuman sudining hukmiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan sudlangan Sardor Raximov oʻtalmay qolgan 1 yil 11 oy axloq tuzatish ishlari jazosidan muddatidan ilgari ozod qilindi. Shuningdek, Jinoyat ishlari boʻyicha Mirobod tuman sudining hukmiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan sudlangan Zuxriddin Nurmatov oʻtalmay qolgan 1 yil 4 oy axloq tuzatish ishlari jazosidan muddatidan ilgari ozod qilindi.

Prokuratura organlari qabullari jarayonida 219 ta murojaatning 86 tasi ijobiy hal qilindi. Misol uchun, Yashnobod tumani prokurori amaliy yordami bilan dasturlovchi oʻquv kursini tamomlagan 2 nafar yoshlarga kelgusida oʻz biznes faoliyatini amalga oshirishlari uchun noutbuk va printer jamlanmalari sovgʻa qilindi.

Ish bilan taʼminlashni soʻrab murojaat qilgan 7 nafar fuqarolarning bandligi taʼminlandi hamda 5 nafariga aliment qarzdorliklari undirilishida amaliy yordam koʻrsatildi.

Misol uchun, Mirzo Ulugʻbek tumanida yashovchi fuqaro Zulayho Ataniyazova aliment pullarini undirishda amaliy yordam soʻrab qilgan murojaati qanoatlantirilib, unga 34 mln soʻm qarzdorlik toʻliq undirib berildi.

Qabullar jarayonida fuqarolar tomonidan oʻzlari yashab kelayotgan hududlaridagi prokurorlar uchun oʻz minnatdorchiliklarini bildirdi.

Ichki ishlar tizimi mutasaddilari qabullari jarayonida 236 murojaatning 101 tasi ijobiy hal etildi. Xususan, 3 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaroga dori-darmon olib berildi.

Shuningdek, Zulfiya Aʼzamovaning jarrohlik amaliyoti oʻtkazish uchun qilgan murojdaati asosida, unga 36 600 000 soʻm moddiy yordam ajratildi.

Uch nafar fuqaroga xorijga chiqish pasportini muddatidan oldin berish maksalasi ijobiy hal qilindi.

Shuningdek, Olmazor tumani Sagʻbon koʻchasida yashovchi Raʼno Alimovaga yangi ID-karta olishida amaliy yordam koʻrsatildi. Sergeli tumanidan murojaat qilgan, 2 yildan beri pasport olomayotgan Baxodir Najmiddinov masalasi ham ijobiy xal etildi.

Mirobod tumanidagi “Tong Yulduzi” mahallasida istiqomat qiladigan Alfiya Farmonovaning muammosi oʻz yechimini topgan edi. Ular bu ommaviy qabulga bu safar murojaat asosida emas, aksincha, minnatdorlik bildirish maqsadida keldi.

Adliya organlariga murojaat qilgan, tugʻilganlik guvohnomasini ololmayotgan 2005-yilda dunyoga kelgan Soyib Kozbekov va uning singlisi 2009-yilda tavallud topgan Saida Kozbekovalarga tugʻilganlik guvohnomalari rasmiylashtirib berildi.

Poytaxtimizda sud-huquq masalalari boʻyicha oʻtkazilgan 2 kunlik ommaviy qabullarda jami 934 ta murojaatning 389 tasi ijobiy hal qilindi, 93 ta murojaatga huquqiy tushuntirish va maslahat berilib, qolgan 462 tasi nazoratga olindi.

Respublika ishchi guruhi qabullari davom etmoqda

31.10.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar