
Fargʻona viloyatida imkoniyati cheklangan, uy-joyga muhtoj oilalarga yangi uylar kaliti tantanali ravishda topshirildi.
Mamlakatimizda kuchli ijtimoiy himoya, kam taʼminlangan oilalar va nogironlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbarining islohotlar jarayonini yanada jadallashtirish, odamlarning ezgu orzu-maqsadlarini roʻyobga chiqarish, jamiyat hayotining barcha jabhalarida tub ijobiy oʻzgarishlarga erishish borasidagi tashabbuslari xalqimiz tomonidan keng qoʻllab-quvvatlanmoqda. 2019 yil mamlakatimizda Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili, deb eʼlon qilinishi bu ezgu ishlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Yangi yil bayrami arafasida bir guruh imkoniyati cheklangan fuqarolarga Fargʻona tumanidagi “Mindonobod” massivida bunyod etilgan zamonaviy uylar sovgʻa qilingani ular uchun chinakam tuhfa boʻldi. Margʻilon, Quvasoy shaharlari, Toshloq, Qoʻshtepa va Fargʻona tumanlarida istiqomat qiluvchi kam taʼminlangan, ogʻir turmush sharoitida yashayotgan, nogironligi boʻlgan 105 oilaning quvonchi cheksiz.
Quvasoy shahridagi “Yuqori Muayn” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Muhabbatxon Dadajonova ana shulardan biri. Farzandi Tursunoy II guruh nogironi boʻlib, parvarishga muhtoj. Opa besh farzandi va nevaralari bilan bitta uyda yashab kelayotgan edi. Davlatimiz gʻamxoʻrligi bilan u oʻz uyiga ega boʻldi.
– Bayram arafasida bu biz uchun juda katta sovgʻa boʻldi, sevinchimni soʻz bilan ifodalab berolmayman, – deydi M.Dadajonova. – Prezidentimizdan bir umr minnatdormiz. Uch xonali uy berishdi. Kecha davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasini televizor orqali koʻrib, umrini nogiron farzand parvarishiga bagʻishlagan onalar uchun alohida ijtimoiy nafaqa turi joriy etilishi haqidagi gapni eshitib, rosti, yigʻlab yubordim. Bu biz kabi onalarning adogʻi yoʻq dardi edi.
Margʻilon shahar xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Dilnoza Ergashevaning aytishicha, shaharda 378 nafar ogʻir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qiz roʻyxatga olingan. Ularni uy-joy bilan taʼminlash, ishga joylashtirish borasida muayyan ishlar olib borilmoqda. 10 nafar oilaga mazkur yangi uy-joylardan berilgani ham barchani mamnun qildi.
Shu kuni Uchkoʻprik tumanida ham yangi uylar kaliti tantanali topshirildi.
Tadbirlarda Fargʻona viloyati hokimi Sh.Gʻaniyev soʻzga chiqdi.
M.Sulaymonov, OʻzA
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |