2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Surxondaryodagi Limonzor mahallasi obod, ko‘ngillar shod bo‘ladi

Janubdagi viloyatning Bandixon tumani Limonzor mahallasida ham "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlari joriy etilib, hudud infratuzilmasi tubdan yaxshilanadi. Aholi bandligi ta’minlanib, og‘ir hudud toifasidan chiqariladi.

Bunday ulug‘vor ishni amalga oshirish uchun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Bosh vazir o‘rinbosari Zulayho Mahkamova mahallada bo‘lib, kelgusidagi vazifalar hamda ularni hal etishdagi muammolar muhokama qilindi.

Hududda "Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish uchun mutasaddilar uyma-uy yurib, mavjud muammolarni o‘rgangan, aholi murojaatlarini tinglab, bu yerning infratuzilmasini rivojlantirishni aniqlab olgan edi.  

Mahalladagi 549 xonadonda 3 ming 296 kishi yashaydi. Ularning bir nafari “Temir daftar”da, 66 nafari “Ayollar daftari”da 37 nafari “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turadi. Yuzga yaqin vaqtincha ishsiz aholi bor.  

Uyma-uy yurib, o‘rganish chog‘ida ichimlik suvi quvurlarini yangidan tortish, bolalar sport o‘yingohlari barpo etish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ko‘chalarni yoritish, elektr energiyasi tarmog‘ini yangilash, mahalla idorasi uchun yangi bino qurish, xonadonlarni maishiy gaz ballon bilan o‘z vaqtida ta’minlash va qo‘shimcha gaz ballon berish, yo‘llarni ta’mirlash, ishsiz aholining bandlik masalasini hal etish kabi muammolarni yechish takliflari ilgari surilgan.

Mahalla qiyofasini tubdan o‘zgartirib, hududda zamonaviy infratuzilma barpo etish va odamlarning hayotidan rozi bo‘lib yashashiga erishish uchun endilikda yoshlar kasb-hunarga o‘qitiladi. Imtiyozli kredit berish orqali o‘zini o‘zi band qiladi. Mahallada loyiha qiymati bir milliard 800 million so‘mlik 2 ta qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish loyihasi ishga tushirilib, o‘nta yangi ish o‘rni yaratiladi. Issiqxonachilikni yanada rivojlantirish orqali 200 dan ortiq xonadonda kooperatsiya usulida aholi bandligi ta’minlanadi. Mahalla tuman markazidan uzoqda joylashgani uchun xizmatlar ko‘rsatish sohasini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan tadbikorlarga imtiyozli kredit ajratiladi. Mahalla idorasi tibbiyot maskani yangi qiyofada bo‘y ko‘rsatadi. Zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasasi qad rostlaydi. 11 kilometrdan ortiq ichki yo‘llga tosh yotqizib, 200 ga yaqin eskirgan simyog‘och temir-beton ustunlarga almashtirilib, yangi elektr uzatish tarmoqlari tortiladi. Xonadonlarni maishiy gaz ballon bilan ta’minlash, ichimlik va oqova suvi muammosi hal etilib, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalar uy-joylari tubdan ta’mirlanadi. Hududlarda yirik hajmdagi obodonlashtirish yumushlari bajariladi.  

Yig‘ilishda belgilab olingan ishlarni tez, sifatli bajarish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, zarur texnika va materiallar bilan ta’minlash, yoqilg‘i-moylash materiallarini o‘z vaqtida yetkazib berish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

15.10.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Таълим кредитиИшонч телефони8 May 202423 May 2024Xorazm viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar