2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!

O‘zbekiston mahalla faollari, nuroniylar, ziyolilar, xotin-qizlar va yoshlar vakillarining xalqimizga murojaati

Aziz vatandoshlar!

Ma’lumki, Yer sayyorasi – bashariyatning yagona Vatani. Yer – hayot manbai. Inson hayoti uchun nimaiki zarur bo‘lsa, barchasini bizga mana shu saxovatli zamin in’om etadi. Afsuski, bugun suvdan, tuproqdan noto‘g‘ri foydalanish, ekologik jihatdan zararli texnologiyalarni qo‘llash oqibatida sayyoramizda iqlim o‘zgarib, bioxilma-xillik yo‘qolib bormoqda. Yer yuzidagi 8 milliarddan ortiq insoniyatning hayoti xavf ostida qolmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yaqinda BMT minbaridan insoniyat hayotiga tahdid solayotgan  uchta inqiroz – iqlim o‘zgarishi, bioxilma-xillik yo‘qolishi va atrof-muhit ifloslanishini bartaraf etishga doir muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Davlatimiz rahbari joriy yil 11 oktyabrda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham mazkur masala bo‘yicha bir qator muhim takliflar bildirib, ustuvor vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, 25 oktyabrdan 1 dekabrga qadar yurtimizda “kuzgi daraxt ekish mavsumi” e’lon qilindi.

Doimo ona tabiat bilan uyg‘un va hamohang bo‘lib, atrof-muhit sofligi va barqarorligini saqlashga intilib keladigan ko‘p millatli xalqimiz nomidan biz Prezidentimizning ana shu tashabbuslaridan ruh olib, barchangizni, butun el-yurtimizni “Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” degan olijanob g‘oyani qo‘llab-quvvatlashga chaqiramiz.

Dono xalqimizda “Yaxshidan bog‘ qoladi” degan purma’no hikmat bor.

Shunday ekan, milliy qadriyatlarimizga sodiq qolgan holda, oilada farzand dunyoga kelganida unga atab ko‘chat ekish, hashar yo‘li bilan bog‘-rog‘lar yaratish, imoratlar atrofini ko‘kalamzorlashtirish kabi ezgu an’analarimizga hamohang tarzda har bir xonadon tomonidan 20 tup ko‘chat ekish va o‘stirish tashabbusini ilgari suramiz.

Shuningdek, har bir fuqaroning to‘y va boshqa yaxshi kunlarida nihol ekishni an’anaga aylantirsak, nima deysizlar?! Bu g‘oyat savobli tadbir emasmi?

Qadrli mahalla faollari, ko‘chaboshi va uyboshilar!

Ayni vaqtda, ayrim mahallalarda, ko‘cha va guzarlarda bo‘sh turgan, daraxt ekilmagan joylar ham ko‘p. Endigi vazifamiz ushbu joylarni bog‘-rog‘larga aylantirishda mahalla ahlining hamjihatligini kuchaytirish, hudud obodligi va aholi farovonligiga xizmat qiladigan loyihalarni kengaytirishdan iboratdir. Buning uchun har bir mahallada “mahalla bog‘lari”ni yaratishimiz, yashil hududlarni ko‘paytirishimiz, shaxsiy namuna sifatida dastlab o‘z xonadonimiz va ko‘chamizni obod qilishimiz, “Yashil makon” umummilliy loyihasiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz zarur.

Ekilgan har bir niholni parvarishlash va saqlashda mahalla faollari, boshqaruv-servis kompaniyalari jonbozlik ko‘rsatishi lozim. Buning uchun “mahalla yettiligi”, ko‘chaboshi va uyboshilar hamda xonadon egalarini mas’ul sifatida biriktirish maqsadga muvofiqdir.

Muhtaram nuroniylar!

Sizlarning hayotiy tajribangiz, duo va tilaklaringiz xalqimiz uchun hamisha katta tayanch va suyanch bo‘lib kelmoqda.

Yurtimizdagi 3 milliondan ortiq nuroniylardan mahallalarda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirishda, aholi tomonidan ko‘chatlarni namunali ekishni tashkillashtirishda yanada faollik va tashabbus kutib qolamiz. Sizlarning shaxsiy namunangiz, pandu nasihat, tavsiya va ko‘rsatmalaringiz barchamiz uchun muhim.

Nuroniylarimizning har biri 1 tupdan ko‘chat eksa, 3 milliondan ziyod yangi daraxt paydo bo‘ladi. Yoki har biri o‘z yoniga 10 nafar yoshni jalb qilsa, bu raqam 10 barobarga oshadi.

Hurmatli dehqon va fermerlar, tomorqa yer egalari!

Yerga mehr berish, uning har bir qarichidan unumli foydalanish, ko‘chat ekib, bog‘ yaratishda sizlarning ulushingiz katta. Birgina ko‘chat yetishtirish bo‘yicha to‘xtaladigan bo‘lsak, mamlakatimizda bir yarim ming fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari tomonidan 81 milliondan ziyod tut, tok, tol, yong‘oq va boshqa nihollar parvarishlanmoqda.

Bu savobli ishlarni davom ettirish uchun har bir xonadon egasi o‘z tomorqasiga, mahalla guzari va ko‘chasiga 10 tupdan ko‘chat eksa, yurtimiz bo‘ylab o‘rtacha 55 million daraxt bunyod bo‘ladi.

Fermerlarimiz “Bir dala – bir mahsulot” tamoyili asosida o‘z hududiga tut, tok, terak va boshqa ko‘chatlarni eksa, har bir qarich yerimiz bog‘-rog‘larga aylanadi.

Qadrli ziyolilar, fan, adabiyot, san’at namoyandalari va  sportchilar!

Jonajon Vatanimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shadigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashda sizlarning faol ishtirokingiz muhimdir.

Siz kabi el tanigan ijod ahliga, ziyolilar hamda sport yulduzlariga yurtimiz yoshlari o‘zgacha havas bilan qaraydi.

Shunday ekan, yurtimizda amalga oshirilayotgan kuzgi daraxt ekish mavsumida sizlardan yangi-yangi tashabbuslar, amaliy harakatlar hamda shaxsiy namuna kutib qolamiz!

Mo‘’tabar onalar, aziz opa-singillar!

Xonadonimiz, mahallamiz fayzu tarovati siz bilan go‘zaldir!

Tabiat ham ona kabi muqaddasdir! Ona va tabiat tushunchalari bir-biriga hamohangdir. Onani qanday e’zozlasak, tabiatni ham shunday qadrlashni farzandlarimiz ongu shuuriga chuqur singdiraylik!

Toki, zurriyodlarimiz ota-bobolarimiz singari bog‘u bo‘stonlar yaratuvchisi, ona tabiat himoyachisi bo‘lsin! Shundagina tabiatni asl holidek saqlab, uni kelajak avlodga bezavol yetkazishga erishamiz.

Ayni vaqtda, “Onalar – yashil makon uchun” g‘oyasining an’anaga aylanib borayotgani, mahallalarda “Onalar bog‘i” tashkil etilayotgani quvonarlidir. Bu ishlarda 10 mingga yaqin mahalladagi “Oqila ayollar” harakatining ham munosib o‘rni bor. Galdagi vazifamiz – ushbu xayrli tadbirlarni xalqimiz orasida keng ёйишдан iborat.

Aziz yoshlar!

Sizlar Yangi O‘zbekistonning bunyodkor kuchisiz! Xalqimiz ko‘zlayotgan yuksak marralarga erishishda aql-zakovatingiz, g‘ayrat-shijoatingiz, ona Vatanga bo‘lgan sadoqatingiz beqiyosdir

Ona zaminimizga mehr bering! Nurli kelajak uchun bugundan boshlab o‘z xonadoningiz, ko‘changiz, mahallangizda niholingizni eking, hududda “Yoshlar bog‘i”ni tashkil etishda tashabbus ko‘rsating!

Aslo unutmang, siz O‘zbekiston farzandisiz, sizning hissangiz – bu ota-onangiz, mahallangiz va butun xalqimizning farovonligi uchun xizmat qiladi.

Qadrli yurtdoshlar!

Daraxt ekish va uni parvarishlashni majburiyat emas, qadriyat sifatida qabul qilaylik! 

Har birimiz kelajak avlod oldidagi burchimizni chuqur his qilgan holda, “Yashil makon” loyihasini umumxalq milliy harakatiga aylantiraylik!

Toki, bizdan farzandlarimizga obod, yashillikka burkangan go‘zal Vatan meros qolsin!

16.10.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar