Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Yo‘llardagi muammolar jamoatchilik fikri asosida aniqlanadi

2023-yilda respublika bo‘yicha 132,2 km avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan joriy yilning yanvar - avgust oylarida umumiy foydalanishdagi 104 km avtomobil yo‘llarida rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilgan.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi A-380 "G‘uzor – Buxoro – Nukus – Beyneu" avtomobil yo‘lining 55 km qismi hamda  Navoiy viloyati hududidagi 4R57 "Qizilqum xalqa yo‘li" avtomobil yo‘lining 8 km qismi rekonstruksiya qilingan.

Bu raqamlarni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan brifingda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining “2023 yilda yo‘l -transport infratuzilmasi ob’ektlarida qurilish ta’mirlash ishlarini jadallashtirish to‘g‘risida”gi tegishli bayoniga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Shu asosda tasdiqlangan dasturga asosan 114,4 km umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Joriy yil yanvar - avgust oylarida 94 km umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, Buxoro viloyati hududidagi 4R66 "Azizobod q. - Vobkent sh. - Aliyor q. - Xo‘ja Porso q.A-380 avtoyo‘li (G‘uzor - Buxoro - Nukus - Beyneu)" avtomobil yo‘lining 33 - 38 km qismi, Navoiy viloyati hududidagi 4K376 "Tomdibuloq q. - Pashat q. - Ayaqquduq q." avtomobil yo‘lining 45 - 65km qismi, Namangan viloyati hududidagi 4R119 "Chortoq sh. - Kalishoh q. - Hazratishoh q.-Zarkent q." avtomobil yo‘lining 40 - 50 km qismi to‘la ta’mirlangan.

Ma’lumot uchun: 2022 yil 1 iyuldan “Shaffof yo'l” platformasi test rejimida ishga tushirilgan. Mazkur platformaning alohida sahifasida aholining yo‘llar nosozligi, shuningdek, yo‘llarda va yo‘l bo‘yida xavfsiz harakatlanish uchun yuzaga kelgan favqulodda texnik muammolar haqida foto va videomurojaatlari joylanadi. Shu tariqa sohadagi muammolar jamoatchilik fikri asosida aniqlanadi va hal etiladi.

22.09.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларига оид масалаларВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Жамоат хавфсизлиги ва жамоат тартибини сақлашга оид масалаларВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Мажбурий ижро бюроси ходими хатти-ҳаракатлариВеб-сайт9 Mart 202427 Mart 2024Jizzax viloyati
Тадбиркорлик фаолияти учун дастурлар асосида имтиёзли кредитлар (иссиқхона, чорва, парранда, балиқ, қуён, асалари, тикувчилик, боғдорчилик, ҳунармандчилик ва бошқалар)Ишонч телефони9 Aprel 202419 Aprel 2024Andijon viloyati

Foydali resurslar