2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mahallada katta ishlar boshlanib ketdi

Sizning ishtirokingiz qanday?

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan olib borilayotgan “Obod ko‘cha”, “Obod mahalla”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy qilish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamdagi amaliy ishlar Andijon viloyati Jalaquduq tumani “Qutluq” MFYda ham jadal suratlarda boshlab yuborildi.

Aholini o‘ylantirib kelayotgan muammolarga o‘z vaqtida va sifatli yechim topish maqsadida Prezident maslahatchisi G‘ofurjon Mirzayev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi vakillari ham bevosita joylarga chiqqan xolda uyma-uy yurib o‘rganishlar olib bormoqda.

Xususan, mahalladigi 43-sonli umumta’lim maktabi holati ko‘zdan kechirildi. Qayta ta’mirdan so‘ng foydalanishga topishirilishi rejalashtirilgan mazkur o‘quv dargohida boshlangan ish jarayoni, kelgusida amalga oshiriladigan qurilish ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Shunindek, mahalla yig‘ini infratuzulmasi, aholining toifalari bo‘yicha maishiy-ijtimoiy shart-sharoitlari atroflicha o‘rganildi. Mutasaddilarning axborotlari tinglandi.

Prezident maslahatchisi maktab faoliyati, o‘qituvchilarning saviyasi, ularning malakasini oshirish bilan bog‘liq muammolarga to‘xtaldi. Chunki ushbu o‘quv dargohidan oliy ta’limga o‘qishga kirgan o‘quvchilarning soni oz ekanini bevosita muallimlar bilimiga, tajribasigi bog‘liq bo‘lishiga e’tibor qaratdi.

Prezident maslahatchisi axolining toza ichimlik suviga bo‘lgan talabini qondirish, ayniqsa, obodonchilik ishlariga alohida yondashuv kerakligini ta’kidladi. Davlat xalq manfaati uchun amaliy ishlarni qiladi, ammo ayrim mahalllarda ba’zi bir fuqarolarning “davlat, hokimiyat qilib beradi” degan boqimanda kayfiyati hamon borligi, mana shu odat tusiga kirib qolgan illatga o‘rganib qolish holatlari hamon yashovchanligini aytib o‘tdi.

Obodlikka har bir xonadon egasi o‘zi, ota-onalar, xonadon kattalari, avvalo, farzandlarini o‘rgatishi kerak, ko‘nikma hosil qilsin. Birga yashayotgan oila, xonadan a’zolari yashash joylarini, birinchi navbatda, maishiy nuqtalarni ozoda va pokiza saqlashga, mavjud tomorqalardan unumli foydalanishga odatlanishi, erishmog‘i shart.

-Sizlarning yerlaringiz tilloga teng, -dedi Prezident maslahatchisi. –Sirdaryoning yerlariga o‘xshagan sho‘rmas.

Ayniqsa, tomorqa xo‘jaliklari oilaga qo‘r, qo‘shimcha daromad keltiradigan manbasi, ulardan samarali foydalanishni qat’iy yo‘lga qo‘yish kerak bo‘ladi.

Mahalla hududidagi 195 nafar mehnat migratlarini qaytarish choralarini tezlashtirish kerak, hududdagi tikuvchilik bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar ishini takomillashtirish, aholi ma’lumotlarini raqamlashtirish va ma’lumotlar bazasini yaratish borasidagi ishlar, mahalla “beshligi”ni kuchaytirish maqsadga muvoffiqdir.

Qabristonlarni obod saqlash, kuz va qishki ariq tozalash ishlarini boshlash zarurligini ta’kidladi, mahalla ko‘chalari va suv yo‘llari ahvoli bilan qiziqdi.

“Qutlug‘” mahalla fuqarolar yig‘ini Navo ko‘chasidagi maktab hovlisida bo‘lib o‘tgan uchrashuv va suhbatda Prezident maslaxatchisi viloyat va tuman hokimligi, viloyat va tuman prokratura, ichki ishlar, ta’lim tizimi mutasaddi raxbarlari, Respublika ishchi guruhi a’zolari bilan yuqoridagi kabi o‘nlab dolzarb mavzularda so‘z yuritdi. Mahalla oqsoqollari va aholi vakillari bilan suhbat o‘tkazdi.

-Ushbu dastur ijrosi bilan katta amaliy ishlar qilinadi. Respublika ishchi guruxi shug‘ullanmoqda. Biz viloyat bo‘yicha ushbu dasturga tushgan hududlarda tashkil etilayotgan amaliy ishlarni o‘rganib borish bilan birga yordam ham beramiz. – deydi ishchi guruh a’zosi Yangiboy Mahammadiyev.

Tuman hokimi Hikmatillo Latipov ham dasturga tushgan hudud aholi vakillari bilan shu joyda uchrashdi.

- Suv muammosi bor edi. Kelgusida suv sig‘imi katta bo‘lgan yangi suvxona quyiladi. –dedi xokim qishloq otaxon va onaxonlariga. – Shu hudud sektor rahbari, viloyat prokurori ham kelib, “nima qilsak suv yaxshi bo‘ladi” deb savol berdi. Nasos yangilanadi. Tumanga olinadigan 17 ta suv nasosning bittasi shu yerga qo‘yiladi.

Bu yerdagi kichik transfarmator 100 likka almashtiriladi.

-Endi masalaning ikkinchi tomoni ham bor, - dedi tuman rahbari. –Qars ham ikki tomondan chiqadi. Sizlar yashayotgan ko‘chalarda shuncha amaliy ishlar bo‘lyapti, lekin aholining bunga javobi qanday? Ular o‘zlari yashab turgan hovli joylarga, obodonchilik ishlariga, yaxshi, ozoda turmush madaniyatiga erishish borasidagi ishlarga qanday xissa qo‘shyapti, bunga munosbati va ishtiroki qanday bo‘lyapti?

18.09.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar