Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Poytaxt aholisi muammolari hal etilmoqda

Prezident Xalq qabulxonalariga kelib tushayotgan aholi murojaatlari hamda uyma-uy yurib o‘rganishlar natijasida aniqlangan muammolarga yechim topish, joylarda «Obod xonadon», «Obod ko‘cha» va «Obod mahalla» mezonlarini joriy etish maqsadida tuzilgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Toshkent shahrida davom ettirmoqda.

Ishchi guruhga Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining mas’ul xodimlari, 13 ta respublika vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etildi.

Aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida 3 kun davomida qator amaliy ishlar bajarildi.

Jumladan, yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holati yaxshilash uchun Bektemir va Yashnobod tumanlarida ichki yo‘llarning 4 kmga yaqin qismi asfalt qilindi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 88 ta beton ustunlar o‘rnatildi, 1,8 km tarmoq tortilib, 2 ta transformator o‘rnatildi. Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 1,3 km suv quvurlari va 12 ta suv quduqlari joriy ta’mirlandi. Yunusobod, Chilonzor, Mirobod tumanlarida ichimlik suvi quvurlarida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etildi. Gaz ta’minoti bo‘yicha 5 km gaz quvurlari qurildi, 3 ta gaz taqsimlash punktlari ta’mirlandi.

Aholi bandligini ta’minlash hamda ko‘makka muxtoj aholi qatlamini ijtimoiy muhofaza qilish masalalari ham Respublika ishchi guruhi e’tibori markazida bo‘ldi.

Xususan, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish maqsadida faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 34 nafar fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan 294,4 mln. so‘mlik asbob-uskuna va mehnat qurollari subsidiya asosida olib berildi.

“Sahovat va ko‘mak” jamg‘armasidan “Temir daftar” ro‘yxatidagi 14 nafar fuqaroga va ehtiyojmand oilalarga jami 364, 0 mln. so‘mlik quyosh paneli o‘rnatishga mablag‘lar ajratilgan.

“Ayollar daftari” ro‘yxatidagi 278 nafar xotin-qizlarga 449,4 mln. so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi. “Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi 68 nafar fuqarolarga 238 mln.so‘mlik yordam ko‘rsatildi.

Ishlar davom etmoqda.

07.09.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar