
Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev yangi o‘quv yili boshida foydalanishga topshirilgan Jizzax shahridagi 30- umumta’lim maktabida oliy ta’lim muassasalari hamda umumta’lim maktablarining o‘qituvchi-pedagog xodimlari bilan uchrashdi.
Uchrashuv 28 avgust kuni davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan video selektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar hamda yangi o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar mavzusiga qaratildi.
Keyingi yillarda viloyatda ko‘plab zamonaviy maktablar barpo etilayotgani, Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i kengayayotgani bugun o‘zning yorqin samaralarni berayotgani, shu bilan birga tizimda qator muammolar ham mavjudligini aytib o‘tdi.
Viloyatda ayni paytda xalq ta’limi tizimiga qarashli jami 600 ga yaqin ta’lim tashkilotlari, shundan 558 ta umumta’lim maktabi, 1 ta Prezident, 1 ta ijod, 13 ta ixtisoslashtirilgan, 4 ta maxsus va 9 ta xususiy maktablar, shuningdek, 14 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamda 1 ta bolalar kutubxonasi mavjud.
– Qo‘lga kiritilgan yutuqlar o‘zimizniki. Biroq maktab ta’limi sohasida o‘z yechimini kutayotgan dolzarb masalalar hali anchagina. Oliy o‘quv yurtida tayyorlanayotgan pedagoglarning malakasini oshirish, sifatli ta’lim berish yo‘lida nafaqat maktab, balki shu yo‘nalishda o‘qishni bitirayotgan kadrlar sifatiga ham alohida e’tibor berish kerak, – dedi Ergash Soliyev.
Shuningdek, viloyat hokimi, o‘qituvchi-pedagoglar bilan uchrashuv chog‘ida, tizimdagi shu kabi kamchilik va muammolarni tahlil qilar ekan, ta’lim-tarbiya muassasalarida yoshlarga dars berayotgan kadrlarning bilim saviyasini oshirish, o‘qituvchi va o‘quvchilarga barcha sharoitni yaratish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |