2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sirdaryoliklar muammolariga qanday yechim topilmoqda?

Xalq qabulxonalariga kelayotgan aholi murojaatlari hamda uyma-uy yurish natijalarida aniqlangan muammolarga yechim topish, hududlarda «Obod xonadon», «Obod ko‘cha» va «Obod mahalla» mezonlarini joylarda joriy etish maqsadida tuzilgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Sirdaryo viloyatida davom ettirdi.

Respublika ishchi guruhiga Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining mas’ul xodimlari, 15 ta respublika vazirlik va idoralari hamda viloyat, tuman va shahar sektorlari, sohaviy tashkilotlar rahbarlari jalb etildi.

Hududda aholi uchun dolzarb bo‘lib turgan muammolarni hal etish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan o‘tgan 3 kun davomida yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida jami 6,29 km ichki yo‘llarga asfalt, beton qoplamasi yotqizish hamda shag‘allashtirish ishlari bajarildi. Elektr ta’minotini yaxshilash uchun 46 dona temir-beton tayanchlar, 1 dona transformator o‘rnatish hamda 4 km elektr tarmoq tortish ishlari bajarildi. Ichimlik suvini yaxshilash borasida 1 km ichimlik suvi tarmog‘i yangidan tortildi.  

Sog‘liqni saqlash, yoshlar masalalari ham Respublika ishchi guruhi e’tibori markazida bo‘ldi. Xususan, Xovos tumanida maqsadli tibbiy ko‘rik tashkil etilib, ko‘rik davomida 875 nafar fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan, tibbiy ko‘rik jarayonida 357 nafar fuqarolarda turli kasalliklar aniqlandi. Tibbiy ko‘riklarda kasallik aniqlangan 54 nafar bemorlarga tuman va viloyat muassasalarida davolanishga muhtoj deb topilib, davolanish va diagnostika uchun yo‘llanma berildi. Uy sharoitida davolanishga muhtoj 224 nafar bemorlarga bepul dori darmonlar berildi.

Viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan 829 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlariga 34,4 mln. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi ta’minlandi.  

Shuningdek, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Oqoltin tumanida oila va xotin-qizlar yo‘nalishida quyidagi ishlar amalga oshirildi. Xususan, tumandagi ishsiz va ehtiyojmand bo‘lgan 6 nafar xotin-qizlarning bandligiga ko‘maklashish maqsadida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mikroto‘lqinli pechlari olib berildi.  

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 10 kishiga subsidiya mablag‘lari evaziga tikuvchilik faoliyatini boshlash uchun tikuv mashinalari, press asbob-uskunasi hamda  qandolatchilik faoliyati uchun zarur bo‘lgan muzlatgich, elektr pech, mikser va blender texnikasi topshirildi.

Ishlar davom etmoqda.

04.09.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar