2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Qishloqlar obod bo‘lmoqda

“Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” dasturlari asosida hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash borasida Navoiy viloyatining Konimex tumanida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu kunlarda “Yuksalish” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Qumrabot qishlog‘ida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlariga katta e’tibor qaratilgan. Mahalladagi 2 ming 185 nafar aholining 316 nafari Qumrabot qishlog‘ida istiqomat qiladi.  

Dastlab aholi xonadonlari xatlovdan o‘tkazilib, ko‘p yillardan buyon yig‘ilib kelayotgan muammolar o‘rganildi. O‘rganishlar davomida toza ichimlik suvi, yo‘l ta’miri, elektr energiya va gaz ta’minoti, tibbiy yordam ko‘rsatish va bandlik masalasi bilan bog‘liq ko‘plab muammolar aniqlanib, ularni hal etish yuzasidan “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi.  

– Qishloq yo‘lining 1,5 kilometriga asfalt yotqizildi, – deydi mahalla raisi Erdilla Beknazarov. – Shuningdek, elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 45 ta temir beton tayanch, bitta transformator tayanch ustuni va poydevorlari joriy ta’mirlandi, 2,2 kilometr masofaga sim tortilib, ichki ko‘chalarga tungi yoritish chiroqlari o‘rnatildi. 1,7 kilometr gaz quvurini bo‘yash ishlari amalga oshirilib, bitta gaz taqsimlash punkti nazoratdan o‘tkazildi. Toza ichimlik suvi muammosi ham ijobiy hal etildi. Oltmishta xonadon ichimlik suvi tarmog‘iga ulandi. 

Mahalla hududidagi 9-sonli umumta’lim maktabi filiali internet tarmog‘iga ulandi va maktab atrofi obodonlashtirildi. Qishloqni namunali hududga aylantirish maqsadida olib borilayotgan tadbirlar davomida ishsiz aholini ish bilan ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 16 nafar fuqaroning bandligiga ko‘maklashildi. Shundan, 5 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 3 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishiga jalb etildi. 8 nafar fuqaro esa o‘zini o‘zi band qilish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazildi.  

Aholi vakillari viloyat tibbiyot muassasalarida malakali mutaxassislar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘riklarga 315 nafar fuqaro qamrab olinib, ularning 97 nafarida turli kasalliklar aniqlandi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tgan kishilarning  8 nafariga tuman, 2 nafariga viloyat shifoxonalariga davolanish uchun yo‘llanmalar berildi. Tibbiyot muassasasi tomonidan 35 nafar bemorga bepul dori-darmon tarqatildi. 

Obodlik ko‘ngildan boshlanadi, deyishadi. Mustaqilligimizning 32 yilligi  bayrami arafasida qumrabotliklar ham o‘zlari yashab turgan xonadonlarni tartibga keltirish, hovli devorlarini ta’mirlash, tomorqasini ko‘rkam, chiroyli qilish uchun astoydil harakat qilishmoqda.    

28.08.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar