2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Prezident tashrifidan so‘ng: Vazir Samarqanddagi tibbiyot muassasalari faoliyati bilan tanishdi

Davlatimiz rahbari shu yilning 24 avgust kuni Samarqandga tashrifi davomida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda yil yakuniga qadar amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar va topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov viloyat tibbiyoti mas’ullari bilan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda Prezidentimiz tomonidan belgilangan vazifalar atroflicha muhokama etilib, uning mexanizmlari va mazmun-mohiyatini mas’ullarga yetkazish va har bir topshiriqni tezkor ravishda ijroga yo‘naltirish haqida so‘z yuritildi. Xususan, viloyat tibbiyot muassasalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, shifo maskanlarini issiqlik hamda elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, bu borada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish lozimligi qayd etildi.  

Vazirlik axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ayni paytda viloyatda 402 tibbiyot muassasasi, jumladan, 16 shahar va tuman tibbiyot birlashmasi, 29 viloyat muassasasi, 66 oilaviy poliklinika, 162  oilaviy shifokor punkti aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Shu paytgacha tibbiyot muassasalarida 60 generator o‘rnatilgan va ular uchun zaxira yoqilg‘ilari mavjud. Prezidentimizning 2023 yil 16 fevraldagi qarori bo‘yicha viloyatdagi 71 muassasaning qozonxonalari ko‘mir bilan isitishga o‘tkazilishi lozim bo‘lib, hozirgacha 69 tasida bu ishlar bajarilgan va 2 tasi yakuniy bosqichda. Shu bilan birga, hududdagi davolash-profilaktika muassasalarida 192 quyosh panellari o‘rnatilgan.  

Yig‘ilishda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanib, tibbiyot muassasalarida kuz-qish mavsumini talafotsiz o‘tkazish, issiqlik, gaz tarmoqlari va qozonxonalarni to‘g‘ri va oqilona ishlatish, bu orqali aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish lozimligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish strategiyasida tibbiyotni yangi bosqichga olib chiqishni ko‘zda tutadigan asosiy yo‘nalishlar, xususan, aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish, to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, har bir insonning o‘z salomatligiga mas’ulligini oshirish va reproduktiv salomatlik kabi masalalar pastga tushgan holda muhokama etilib, bu bo‘yicha aniq taklif va mulohazalar tinglandi.  

Yig‘ilishdan so‘ng Sog‘liqni saqlash vaziri viloyatdagi bir qator tibbiyot muassasalari faoliyati, ulardagi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi. Xususan, 2022 yilda kapital ta’mirlangan viloyat perinatal markazida tibbiyot xodimlari va bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, onalik va bolalikni muhofaza qilish borasida olib borilayotgan ishlarga e’tibor qaratildi. Markazning ginekologiya, homiladorlar patologiyasi, homiladorlikda yuqumli kasalliklar va chaqaloqlar patologiyasi kabi bo‘limlar faoliyati, ularning jihozlanishi va ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati bo‘yicha fikrlar bildirildi.  

Vazirlik mas’ullari o‘rganish davomida muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, shifo maskanini issiqlik hamda elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarni atroflicha ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, muammo va takliflar tinglanib, bu bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi va mavsumni talafotsiz o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga zarur tavsiyalar berildi.

Bulung‘ur tumani tibbiyot birlashmasi faoliyati bilan tanishuv chog‘ida ham uning moddiy-texnik bazasi, zarur tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, muassasaning elektr-kommunikatsiya ta’minoti o‘rganilib, katta dizel va kichik mobil generatorlarning holati, ularning yonilg‘i bilan ta’minlanishi o‘rganildi. Bundan tashqari, shifoxonaning tabiiy gazda ishlaydigan qozonxonalarining shay holatda ekani nazoratga olinib, ko‘mirda ishlovchi qozonxonalarni tashkil etish bo‘yicha tezkor topshiriqlar berildi.  

26.08.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar