Xalqni rozi qilish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, muammolarini joyida hal etish borasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 2-sektor rahbarlari Prezidentimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlardan to‘liq foydalangan holda samarali faoliyat yuritayotir.
Qorao‘zak tumani 2-sektorga qarashli A.Dosnazarov ovul fuqarolar yig‘ini “Nurimtubek” aholi punkti markazdan 35 kilometr uzoqlikda joylashgan. Bu yerda besh mingdan ziyod aholi yashaydi.
Sektor rahbari tomonidan aholining turmush sharoitini uyma-uy o‘rganish jarayonida ovulda yashovchi boquvchisini yo‘qotgan M.Bekxojayeva hamda M.Kamolovaning turar joyi ta’mir talabligi aniqlandi. Ularning turar joyi yangidan qurilib, jihozlab berildi. Ularning iltimosiga ko‘ra, xonadonida uy bog‘chasi tashkil qilishiga ham amaliy yordam ko‘rsatildi. Endi xonadon sohibalari yangi turar joyga ega bo‘lish bilan birga bolalar bog‘chasi orqali daromad manbaiga ham ega bo‘lishdi. Uy bog‘chasining ochilish marosimi ovul aholisi uchun katta bayramga aylandi.
“Yoshlar daftari” ga kiritilgan G.Minajatdinovaning prokuror bilan uchrashuvida tikuvchilikka qiziqishi, faqat faoliyatini yanada kengaytirish uchun barcha imkoniyatlarga ega, zamonaviy tikuv mashinasiga ehtiyoj borligini bildirdi. Murojaatiga ko‘ra unga yigirma million so‘m subsidiya asosida tikuv mashinasi olib berildi va bugungi kunda ovulning barcha ayollariga beminnat xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Tuman prokuraturasi tomonidan 2-sektor hududida ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida yosh tadbirkor A.Tanatarovga ovul fuqarolar yig‘ini markazida yashil qoplamali mini futbol maydonchasi barpo etishi uchun 500 million so‘m imtiyozli kredit ajratilishida amaliy yordam ko‘rsatildi. Ushbu sport maydonchasining ochilish marosimida hududdagi “Qizil toifa”ga kiritilgan yoshlarni to‘liq qamrab olgan holda, sportning mini futbol turi bo‘yicha “Prokuror kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. G‘olib hamda ishtirokchi jamoalarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |