Shavkat Mirziyoyev
“Oʼzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʼzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʼnalishlarini belgilaydi.
Obod boʻlayotgan Gulbogʻ

Davlatimiz rahbari tashabbusiga asosan mamlakatimizning 14 ta hududida tanlab olingan mahallalarda “Obod xonadon – obod koʻcha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Ana shunday manzillar qatori Toshkent shahri Bektemir tumani “Gulbogʻ” mahallasida ham Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonalari, sohaviy tashkilotlar vakillari, Toshkent shahri va Bektemir tumani sektor rahbarlari, aʼzolari, mahalladagi “beshlik”dan tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi tomonidan xonadonbay yurib, aholi muammolarini oʻrganish va hal etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, kelib tushgan murojaatlar asosida aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida 12,8 km ichimlik suvi quvurlari tortildi, natijada 554 ta xonadon ichimlik suvi bilan toʻliq taʼminlanadi.

Mahalladagi ichki yoʻllar holatini yaxshilash maqsadida bir kilometr yoʻllar asfalt qilindi. Mahalladagi 3,9 km gaz quvurlari yangilanib, 4 ta gaz taqsimlash punkti taʼmirlandi.

Elektr taʼminoti boʻyicha 17 ta eskirgan simyogʻochlar demontaj qilindi va 36 ta yangi oʻrnatildi, 1 ta transformator punkti taʼmirlandi.

Shuningdek, “Gulbogʻ” mahallasining Obod, Turkiston, Nafosat, Ziyonur koʻchalarida sayilgoh, sport maydonchasi, vorkaut, bolalar maydonchalari barpo etish loyihalari ishlab chiqildi.

Bundan tashqari, fuqarolarning sogʻliqni saqlash, moddiy yordam, bandlik, subsidiya, kredit, uy-joyni taʼmirlash va boshqa masalalar boʻyicha muammolari aniqlanib, hal etish choralari koʻrilmoqda.

Uyma-uy oʻrganishlar natijasida 13 nafar fuqaroga shifoxonalarda davolanish uchun bepul yoʻllanma berildi, 144 nafariga zarur dori-darmon, nogironlik aravachasi va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga turli yordamlar koʻrsatildi.

Mahallada aholi bandligini taʼminlash va oilalarni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida 22 nafar fuqaro ishga joylashtirildi, 15 nafar fuqaro oʻzini-oʻzi band qilindi hamda 9 nafar fuqaro kasb-hunarga oʻqitildi, 3 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi uchun subsidiya asosida maishiy texnika olib berildi.

Ogʻir turmush sharoitida yashovchi 48 nafar fuqarolarning xonadonlarida taʼmirlash ishlari belgilanib, hozirda 24 ta xonadonda qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Ishlar davom etmoqda.

18.08.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Суғурта фаолиятиПрезидент почтаси19 Sentabr 202427 Sentabr 2024Farg`ona viloyati
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Пиллачилик соҳасига оид масалаларИшонч телефони26 Iyun 20243 Iyul 2024Andijon viloyati
Электр таъминотидаги узилишларИшонч телефони28 Iyun 202419 Iyul 2024Sirdaryo viloyati
Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланишиИшонч телефони1 Iyul 202419 Iyul 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar