2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Yurt obodligiga barcha o‘z hissasini qo‘shmoqda

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani Obshir mahallasida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tuman shtabida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi qoshidagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Rahima Mirxoliqova boshchiligida mahalladagi Ko‘chaboshi ayollar va “Oqila ayollar” harakati a’zolari tomonidan “Jonajon yurtim obodligiga o‘z hissamni qo‘shaman” shiori ostida uyma uy yurilib, barcha oilalarda xonadon madaniyatini yuksaltirish, xonadonlarni obod hamda ko‘rkam qilish, qurilish me’yorlari va sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Xonadonlarda sog‘lom turmush tarziga rioya qilinganlik va maishiy gigiyenik vositalar bilan ta’minlanganlik holati xatlovdan o‘tkazilmoqda.  

Viloyat hokimi o‘rinbosari Z. Xidirova rahbarligida barcha tumanlardan tashrif buyurgan Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshliqlari - hokim o‘rinbosarlari, ijtimoiy faol xotin-qizlar hamda “Oqila ayollar” harakati a’zolari oilalarda tashqi devorlar va tomni ta’mirlash, xonadonlarni, shu jumladan, yordamchi xo‘jalik binolarini qurish va ta’mirlash, ulardan belgilangan gigiyena talablari asosida foydalanishni yo‘lga qo‘yish, yuvinish xonasini tashkil etish va jihozlash, xonadonning sanitariya-gigiyena, qurilish va yong‘in xavfsizligi talablariga javob berishini ta’minlash, deraza va romlarni bo‘yash, kommunal masalalarni hal etish, chiqindilarni olib chiqish kabi tadbirlar yuzasidan tushuntirish-targ‘ibot ishlarini olib bormoqda. O‘rganish jarayonida, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga gigiyenik vositalar, uy-ro‘zg‘or buyumlari berilayotir.  

12.08.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar