2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Respublika ishchi guruhi: dolzarb muammolar o‘z yechimini topmoqda

Respublika ishchi guruhi hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni o‘rganish, aholi muammolarini hal etish hamda “Obod xonadon — obod ko‘cha — obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha o‘z faoliyatini Navoiy va Farg‘ona viloyatlarida davom ettirmoqda.

Uyma-uy yurib o‘rganishlar natijasida aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan qator muammolar borligi aniqlanmoqda. Xususan, aholi zich yashaydigan hududlardagi ko‘p qavatli uy-joylarning kommunal sohasi, elektr ta’minoti, ichki yo‘llar, ijtimoiy soha ob’ektlari holati kabi masalalar shular jumlasidandir.  

Ularni bartaraf etish maqsadida qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Navoiy viloyatida Respublika ishchi guruhi mas’ullari tashabbusi bilan 20,7 km. ichki yo‘l ta’mirlandi. Shundan 10,3 km. yo‘l shag‘allashtirildi, 10,4 km. yo‘lga asfalt yotqizildi.  

Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 274 ta temir beton tayanch, 12 ta transformator o‘rnatildi, 14,2 km. yangi tarmoq tortildi. Aholi murojaatidan kelib chiqqan holda qo‘shimcha 195,5 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.  

Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 15,7 km. yangi tarmoq tortildi, 1 ta suv inshootini ta’mirlash, 1 ta suv yig‘ish rezervuarini o‘rnatish ishlari amalga oshirildi.  

Viloyatdagi 72 ta ko‘p qavatli uy, xususan 38 ta uyning kirish yo‘laklari, 11 ta uyning tom qismi, 9 ta uyning fasad qismi ta’mirlanib, 16 ta uyga temir eshiklar o‘rnatildi, uylarga tutash hududlarni obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.  

Navoiy viloyatida 2023 yilda davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari uchun 119 ta ob’ektga 15,8 mlrd. so‘m moliyalashtirilishiga ko‘maklashildi.  

Tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan 2 877 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlariga jami 89,2 mlrd. so‘m kredit ajratildi. Jumladan, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 430 nafar fuqaroga 9,4 mlrd. so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi.  

Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish maqsadida faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 52 nafar fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan 252,4 mln. so‘mlik asbob-uskuna va mehnat qurollari subsidiya asosida olib berildi. Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan 25 nafar kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasi, moddiy yordam tayinlanib, amaliy yordam ko‘rsatildi.  

Farg‘ona viloyatida ham bu kabi qator amaliy ishlar olib borildi.  

Xususan, yo‘l, kommunikatsiya tarmoqlari, infratuzilma holatini yaxshilash maqsadida jami 22,05 km. ichki yo‘llarga asfalt qoplamasi yotqizish va shag‘allashtirish ishlari bajarildi.  

Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 350 dona temir-beton tayanchlar, 2 dona transformator o‘rnatish hamda 5,7 km. elektr tarmoq tortish ishlari bajarildi. Ichimlik suvini yaxshilash borasida 3 km. ichimlik suvi tarmog‘i tortildi.  

Kommunal xo‘jaligi sohasini yaxshilash borasida Marg‘ilon shahrida ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘lagidagi framuga romlari plastik romlarga almashtirilib, ta’mirlash ishlari bajarildi.  

Shuningdek, Uchko‘prik tumanida 30 ta ko‘p qavatli uyga ulanishi rejalashtirilgan qiymati 1,2 mlrd. so‘mlik mahalliy oqova suv tarmog‘ini tortish ishlari olib borilmoqda hamda ko‘p qavatli uylarni oqova suv tarmog‘iga ulash boshlandi.  

Kredit, subsidiya ajratish, aholi bandligini ta’minlash masalasida ham qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Farg‘ona viloyati tijorat banklari tomonidan 2 208 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlariga 122,3 mlrd. so‘m miqdorida kreditlar ajratilishi ta’minlandi. Shundan oilaviy tadbirkorlik yo‘nalishida 677 taga 11 241,0 mln. so‘m, sanoat sohasi yo‘nalishida 9 taga 11 162,0 mln. so‘m, xizmat ko‘rsatish sohasiga 64 taga 31 693,0 mln. so‘m mablag‘ ajratildi.  

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tomonidan Farg‘ona shahridan 24 nafar ishsiz xotin-qizga mahallalardagi hokim yordamchilarining tavsiyasiga asosan, o‘zini band qilish maqsadida 117,5 mln. so‘mlik subsidiya asosida 24 ta tikuv mashinalari yetkazib berildi.  

Ishlar davom etmoqda.  

11.08.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar