2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Obod xonadon - obod koʼcha - obod mahalla

Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi Oqqoʼrgʼon va Sorisuv mahallalarida "Obod xonadon", "Obod koʼcha" va "Obod mahalla" mezonlarini joriy etish, hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini taʼminlash va ogʼir hudud toifasidan chiqarish boʼyicha keng koʼlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari topshirigʼi asosida tuzilgan Respublika ishchi guruhining Payariq tumani Oqqoʼrgʼon mahallasidagi faoliyati ayni shu mezonlar asosida amalga oshirilayapti. Bu "Obodlik xonadondan boshlanadi", "Obodlik koʼngildan boshlanadi", degan qadim haqiqatning real hayotimizdagi yana bir isbotidir.

Prezident Xalq qabulxonasi, vazirliklar, qoʼmitalar va viloyat sektorlari masʼullarining Oqqoʼrgʼon mahallasidagi oʼrganishlari natijasida umumfoydalanuvdagi Saroyqoʼrgʼon, Langar koʼchalarining 3 km. qismini asfalьtlashga kirishilgan boʼlsa, Poʼlatchi, Qiyot, Balandqoʼrgʼon kabi oʼnga yaqin tuproq koʼchalar tosh yoʼlga aylantirilyapti.

Hududdagi 480 ta eskirgan simyogʼochlarni beton ustunlarga almashtirish, 10,2 km tarmoqni yangilash va uchta qoʼshimcha transformator oʼrnatish belgilab olinib, bu boradagi amaliy ishlarga kirishildi. Yoʼlaklar taʼmirlanib, svetafor oʼrnatish, taʼlim va tibbiyot muassasalarini taʼmirlash, avtobekat qurish, mobilь aloqa xizmatini yaxshilashga ham alohida eʼtibor qaratilyapti.

Chuqurlashtirilgan tibbiy koʼriklarda asosan yurak-qon tomir, asab kasalliklari va ortiqcha vazn bilan bogʼliq xastaliklar aniqlangani bois shifokorlar bemorlarni davolash bilan birga, toʼgʼri ovqatlanish, sogʼlom turmush tarzini yoʼlga qoʼyish boʼyicha aholiga yetarlicha tushuncha-yu amaliy yordam ham beryapti. “Keksalar salomatligi oyligi” doirasida uyma-uy yurilib, nuroniylar tibbiy koʼrikdan oʼtkazilyapti. Bemorlar bepul dori-darmonlar, nogironligi bor insonlar reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlanyapti.

Аholini ishli-daromadli qilish uchun ham bor kuch-imkoniyat ishga solinib, ijtimoiy himoyaga muhtoj 30 dan ziyod insonlarga tikuv mashinalari, motokulьtivator, payvandlash uskunalari olib berildi. Tomorqalardan samarali foydalanish, xonadonlarni obod qilish, uy-roʼzgʼor madaniyatini rivojlantirish borasida turli targʼibot tadbirlari, koʼrgazmali seminarlar oʼtkazilyapti. Intelektual musobaqalar oqqoʼrgʼonlik yoshlarning bilimini boyitayotgan boʼlsa, Uch avlod muloqotlari avlodlar oʼrtasidagi maʼnaviy rishtani yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Qisqa muddatda ichki imkoniyatlar hisobidan Payariqning Oqqoʼrgʼon mahallasida ham “Obod xonadon – obod koʼcha – obod mahalla” mezonlari joriy qilinib, mazkur qishloq har jabhada eng namunaviy, obod, goʼzal hududga aylantiriladi. Bu tajriba keyinchalik viloyatning boshqa hududlarini qamrab oladi.

05.08.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar