
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani «Do‘stlik» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Manzura Masharipova yolg‘iz ayol, bir farzandi bor. Yelib-yugurib topgani ro‘zg‘ordan ortmaydi, bir-ikki so‘m pul to‘plab, uy ko‘taray desa, osmon uzoq, yer qattiqlik qiladi.
Shunday kunlarning birida mahalla va tuman hokimligidan vakillar kelib, uning yashash sharoitini o‘rgandilar, dardini tingladilar. Ularning bu tashrifidan Manzura, ochig‘i, unchalik ko‘p narsa kutmadi. “Keldi, yozishdi, ketishdi-da doimgidek”, - ko‘nglidan o‘tkazib umidsiz ortlaridan qarab qoldi ayol. Yo‘q, yanglishgan ekan. Tez orada unga barcha qulayliklarga ega ikki xonali uy qurib berishlarini aytishdi va qurilish ham boshlab yuborildi.
Tumandagi “Tezkor maxsus qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Manzura Masharipova va uning o‘g‘li uchun yangi uy qurish ishlari yaqin kunlarda yakuniga yetib qoladi. Hozirda so‘nggi pardozlash, elektr, gaz, ichimlik suvi tarmoqlarini tortish hamda isitish uskunalarini o‘rnatish yumushlari bajarilyapti. Mustaqillik bayrami arafasida yangi uyli bo‘ladigan M. Masharipova, o‘zi aytmoqchi, behad quvonchda.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |