Kundalik hayotda har birimiz roʻbaru keladigan nikohni qayd etish, farzandga tugʻilganlik guvohnomasi olish, bolalarni maktabga, maktabgacha taʼlim muassasalariga joylashtirish bilan bogʻliq hujjatlarni rasmiylashtirish kabi masalalar Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirilayotgani odamlarga qator qulayliklar yaratmoqda.
Bunda Prezidentimizning 2017 yil 12 dekabrdagi “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni muhim huquqiy hujjat boʻlib xizmat qilmoqda.
– Oʻtgan bir yil davomida Davlat xizmatlari markazi aholiga barcha xizmatlar bir joyda koʻrsatiladigan oʻziga xos maskan sifatida mijozlar ishonchini qozonib ulgurdi, – deydi Davlat xizmatlari agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshligʻi Bobur Umrzoqov. – Endi fuqarolarga soliq va boshqa qarzi bor-yoʻqligi haqidagi maʼlumotnoma, soliq toʻlovchining identifikatsion raqami, yer uchastkasi, bino va inshootlar, koʻp yillik dov-daraxtlarga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda tegishli guvohnoma berish kabi xizmatlar ushbu markazlar tomonidan koʻrsatilayotir. “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi”, degan tamoyil asosida yuridik va jismoniy shaxslarga bu usulda xizmat koʻrsatish nafaqat sarf-xarajat, balkivaqtni tejash imkonini berayotir.
Davlat xizmatlari markazlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgandan buyon viloyatda jismoniy va yuridik shaxslarga jami 103 ming 172 ta xizmat koʻrsatildi. Shundan, 1 ming 29 tasi sayyor tartibda amalga oshirildi.Shu davrda markazlar orqali 14 ming 187 ta tadbirkorlik subyekti davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Shuningdek, barcha tuman va shahar davlat xizmatlari markazlari tomonidan 631 marta sayyor davlat roʻyxatidan oʻtkazish tadbiri amalga oshirildi.
Olis hududlar aholisiga qulaylik yaratish maqsadida Forish tumanidagi “Omonkeldi” mahalla fuqarolar yigʻini hududida Davlat xizmatlari markazifiliali tashkil etildi. Shuningdek, uzoq va borish qiyin boʻlgan hududlarda yashovchi fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatish maqsadida viloyat hokimi tashabbusi bilan 13 dona “Damas” rusumli avtomashina ajratildi.
Shu oʻrinda tizimda amalga oshirilgan ishlar bilan birga yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar haqida ham toʻxtalib oʻtish joiz. Jumladan, bu muhim ishga ayrim tashkilot va idora mansabdor shaxslarining eʼtiborsiz qarashi oqibatida davlat xizmatlari markazlari orqali berilgan buyurtmanomalar kechikib bajarilishi hollari sodir etilayotir. Xususan, joriy yilning oʻtgan davrida aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilgan 17 ming 697 ta xizmatning 256 tasida tartib va muddati buzilishiga yoʻl qoʻyilgan.
Mazkur holat yuzasidan vakolatli organlarga 13 ta taqdimnoma kiritildi va 10 nafar mansabdor shaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Koʻrilgan choralar natijasida aybdor shaxslarning 10 nafari maʼmuriy javobgarlikka tortilib, bir nafari egallab turgan vazifasidan ozod qilindi.
Bir yillik faoliyat yakuni sarhisob qilinayotgan shu kunlarda Jizzax shahar Davlat xizmatlari markaziga sayyor xizmatlarda foydalanish uchun maxsus jihozlangan avtobus topshirildi.
Toshqul Beknazarov, Jamshid Yorbekov (surat), OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Светофор, радар ва йўл белгиларини ўрнатиш, пиёдалар ўтиш йўлини чизиш | Ишонч телефони | 31 Avgust 2024 | 10 Sentabr 2024 | Xorazm viloyati |
Тадбиркорлик субъектлари томонидан иш ҳақи берилмаётганлиги | Ишонч телефони | 20 Avgust 2024 | 30 Avgust 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Янги МТТ қуриш | Ишонч телефони | 23 Avgust 2024 | 28 Avgust 2024 | Toshkent shahri |
Савдода истеъмолчилар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш | Ишонч телефони | 8 Avgust 2024 | 20 Avgust 2024 | Toshkent viloyati |