Buxoro viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tashabbusi bilan xotin-qizlar tomonidan takroriy va uzoq muddat yechimini topmayotgan murojaatlar yuzasidan ochiq muloqot tashkil qilindi.
Ayollarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, muammolariga qonun doirasida adolatli yechim topish maqsadida mazkur tadbirga adliya, tuman-shahar hokimliklari va MIB bo‘limlari mas’ullari jalb qilindi.
Dastlab murojaatchilarga huquq va majburiyatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish tartiblari, da’volarni rad etishga asos bo‘luvchi omillar haqida tushuntirildi.
Tadbir doirasida 100 ga yaqin xotin-qizlar viloyat adliya, MIB va oila va xotin-qizlar boshqarmalari xodimlari tomonidan yakka tartibda alohida xonalarda qabul qilindi. Murojaatlari o‘rganildi. Sa’y-harakatlar besamar bo‘lmadi. Aksariyat murojaatlar ijobiy yechimini topdi.
Jumladan, ayollarning 42 nafariga aliment pullari undirib berildi. 5 ta oila yarashtirildi. 8 nafar ayolning uyga kiritish masalasi hal etildi. 18 ta holatda alimentdan qarzdor otalar byuro organlaridan yashiringanligi sababli ularga nisbatan qidiruv harakatlari olib borilayotganligi, aksariyati Rossiya Federatsiyasi hududiga chiqib ketganligi aniqlanib, undiruvchilarga huquqiy maslahat berildi. 15 nafar aliment to‘lashdan bosh tortgan otalarga nisbatan esa MIBning hududlardagi bo‘limlari tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 474-moddasiga asosan ma’muriy ish hujjatlari rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarga yuborilishi ta’minlandi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлаш | Ишонч телефони | 12 Fevral 2024 | 21 Fevral 2024 | Qoraqalpog`iston Respublikasi |
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслиги | Ишонч телефони | 26 Oktabr 2023 | 23 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдам | Ишонч телефони | 27 Yanvar 2024 | 24 Fevral 2024 | Buxoro viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалалар | Ишонч телефони | 20 Fevral 2024 | 23 Fevral 2024 | Samarqand viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақа | Ишонч телефони | 19 Fevral 2024 | 26 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |