2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Respublika ishchi guruhi oʻz faoliyatini Andijonda davom ettirmoqda

Davlatimiz rahbari topshirigʻiga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi oʻz faoliyatini Andijon viloyatida davom ettirmoqda. Uyma-uy yurib oʻrganishlar jarayonida aholidan koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda. Ularning asosiy qismi ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ish joylari bilan taʼminlash masalalariga oid boʻlmoqda.

Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida qator amaliy ishlar bajarildi. Jumladan, aholiga qoʻshimcha 223 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Hududda gaz taʼminotini yaxshilash maqsadida Andijon shahri “Yangi hayot” mahallasidagi 1 350 ta aholi xonadonlariga tabiiy gaz yetkazib beruvchi uzunligi 450 metr gaz quvuri joriy taʼmirlanib, tartibga keltirish ishlari amalga oshirildi.

Elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 52 dona temir-beton tayanchlar oʻrnatish ishlari bajarildi. Jumladan, Oltinkoʻl tumanida 26 dona, Izboskan tumanida 10 dona, Buloqboshi va Jalaquduq tumanlarida 8 donadan tayanch ustunlar oʻrnatildi.

Ichimlik suvini yaxshilash borasida hududda 1 kilometrga yaqin ichimlik suvi tarmogʻi tortildi. Andijon tumani “Naymanobod” mahallasida joylashgan ichimlik suv qudugʻi kompressor orqali tozlanib aholiga ichimlik suv yetkazib berilishi tiklandi. Jalaquduq tumani “Beshtol” mahallasida joylashgan ichimlik suv qudugʻidagi nasos joriy taʼmirlanib ishga tushirildi. Paxtaobod tumani “Sohil” mahallasida ichimlik suv tarmogʻini mukkamal taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Kommunal xoʻjaligi sohasini yaxshilash borasida Boʻston tumani “Doʻstlik” mahallasi Mustaqillik koʻchasidagi koʻp qavatli uylarning fasad qismi va kirish yoʻlaklari taʼmirlash ishlari hamda harakat datchikli yoritish chiroqlari va oʻrindiqlar oʻrnatildi.

Aholini sogʻligʻini muxofaza qilish masalalari ham Respublika ishchi guruhi eʼtibori markazida boʻldi. Xususan, Andijon shahrida maqsadli tibbiy koʻrik tashkil etilib, koʻrik davomida 364 nafar fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Shundan, tibbiy koʻrik jarayonida 218 nafar fuqarolarda turli kasalliklar aniqlandi.

Tibbiy koʻriklarda kasallik aniqlangan 202 nafar bemorlarga ambulator sharoitda davolanishga tavsiya berildi, 16 nafar bemorlarga shahar va viloyat muassasalarida davolanishga muhtoj deb topilib, davolanish va diagnostika uchun yoʻllanma berildi. Uy sharoitida davolanishga muhtoj 103 nafar bemorga bepul dori darmonlar berildi.

Viloyatda tadbirkorlikni rivojalantrishaholini ish bilan taʼminlash maqsadida tijorat banklari tomonidan 519 nafar fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga 103,0 mlrd. soʻm miqdorida kreditlar ajratilishi taʼminlandi.

Shuningdek, Jalaquduq tumanida 63 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida 5 724 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftariga kiritilgan boʻlib, joriy yilning bugungi kun holatiga 4 523 nafariga amaliy yordam koʻrsatilgan. Jumladan, Olmazor mahallasida yashovchi, ijtimoiy yordamga muhtoj, 1-guruh nogironi Turgʻunova Gulnora Abdugʻafforovnaning holidan xabar olinib, unga murojaatiga asosan nogironlik aravachasi yetkazib berildi.

Yoki “A.Raxmonov” mahallasi Shodlik koʻchasida yashovchi, 1964-yilda tugʻilgan, 1-guruh nogironi Alimjonova Sojidaxon Sultonovnaga ham uning murojaatiga asosan nogironlik aravachasi yetkazib berildi.

Ishlar davom etmoqda.

20.07.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar