2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Toshkent viloyatida davom ettirmoqda

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi o‘z faoliyatini Toshkent viloyatida davom ettirmoqda.

Uyma-uy yurib o‘rganishlar jarayonida aholidan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda. Ularning asosiy qismi ijtimoiy infratuzilma holatini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ish joylari bilan ta’minlash masalalariga oid.    

Ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida qator amaliy ishlar bajarildi. Jumladan, viloyat ichki yo‘llarining jami 107,0 km. qismi ta’mirlandi. Shundan, 60,5 km. yo‘lga shag‘al yotqizildi, 40,8 km. yo‘l asfalt qilindi, 5,7 km. yo‘l betonlashtirildi.    

Murojaatlar asosida aholiga qo‘shimcha 175,8 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 173 ta temir beton tayanchlar o‘rnatildi, 33,8 km. tarmoq yangidan tortildi. Jumladan, O‘rtachirchiq tumani “Yoriq”, “Usmonota” mahallalarida 1,7 km. tarmoq tortish ishlari bajarildi.    

Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida 26,4 km. tarmoq tortildi, 12 ta suv nasosi, 1 ta suv hovuzi o‘rnatildi, 17 ta suv quvuridagi nosozliklar ta’mirlandi, 1 ta quduq qazish ishlari, 4 ta suv minorasi qurish ishlari yakunlandi.    

Jumladan, Piskent tumani “Saidovul Baxt” mahallasida 2,1 km. tarmoq tortish, 1 ta suv inshooti qurish ishlari yakunlandi.    

Internet aloqasini yaxshilash uchun jami 63,2 km. uzunlikda optik tola aloqa tarmog‘i tortildi va 650 nafar xonadon internet xizmatiga ulandi.    

Ijtimoiy himoya sohasi ham Respublika ishchi guruhining e’tibor markazida bo‘ldi. Xususan, Bekobod, Oqqo‘rg‘on, Zangiota, Yangiyo‘l tumanlari, Yangiyo‘l shahrida o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar natijasida 2 847 nafar fuqaro qamrab olindi, 1 700 nafar fuqaroda turli kasalliklar aniqlangan bo‘lib, 51 nafari shifoxonalarga yotqizildi.    

Yuqori texnologik operatsiyalarga muhtoj 1 nafar bemorga respublika ixtisoslashtirilgan markazlarida davolanish uchun order berildi. Oilaviy poliklinikalarda 344 nafar bemorga bepul dori-darmon tarqatildi, 41 nafar ehtiyojmand fuqarolarga reabilitatsiya vositalari, protez-ortopediya buyumlari yetkazib berildi.  

Viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tomonidan 4 649 nafar fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlariga jami 176 mlrd. so‘m kredit ajratildi. Jumladan, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 1 482 nafar fuqaroga 33,5 mlrd. so‘m imtiyozli kredit ajratildi.    

Jami 2 084 nafar fuqaroning bandligiga ko‘maklashildi. Shundan 665 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi, 695 nafari kasb-hunarga yo‘naltirildi va 724 nafar fuqaro haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.    

Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish maqsadida faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 42 nafar fuqaroga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan 276,9 mln. so‘mlik asbob-uskuna va mehnat qurollari subsidiya asosida olib berildi. Shuningdek, Chirchiq shahrida 47 nafar fuqaroga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘ladigan asbob-uskuna va mehnat qurollari xarid qilish jarayonida.    

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan “Temir daftar” ro‘yxatidagi 1 129 nafar fuqaroga va ehtiyojmand oilalarga jami 2,9 mlrd. so‘mlik moddiy yordam (maishiy texnika, kiyim-bosh, pul mablag‘i va boshqa) ko‘rsatildi.    

“Yoshlar daftari” ro‘yxatidagi 160 nafar fuqaroga 1,0 mlrd. so‘mlik yordam ko‘rsatildi. Shundan 56 nafariga 392 mln. so‘mlik kontrakt to‘lovi, 42 nafariga 50 mln. so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatildi,    

38 nafar fuqaroga mehnat qurollari olishga 456 mln. so‘mlik hamda safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmat uchun 24 nafar fuqaroga 148 mln. so‘mlik ko‘mak berildi.    

Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan 60 nafar kam ta’minlangan oilaga bolalar nafaqasi, moddiy yordam tayinlanib, amaliy ko‘mak ko‘rsatildi. Jumladan, Yangiyo‘l tumani “Umid” mahallasida yashovchi U. Aliboyevaning yolg‘iz onaligi, boquvchisi yo‘qligi bois, 3 nafar farzandini o‘zi tarbiyalab kelayotganligi sababli bolalar nafaqasi tayinlandi. Ishlar davom etmoqda.    

07.07.2023

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Ишсиз деб эътироф этиш ва ишсизлик нафақасини тайинлашИшонч телефони12 Fevral 202421 Fevral 2024Qoraqalpog`iston Respublikasi
Ҳомиладорлик ва туғиш таътилига (декретга) чиқиш, таътил даврида тўланадиган нафақаИшонч телефони19 Fevral 202426 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Шахсий жамғариб бориладиган пенсия ҳисобварағига (ИНПС) оид масалаларИшонч телефони20 Fevral 202423 Fevral 2024Samarqand viloyati
Муҳтожларга бир марталик моддий ёрдамИшонч телефони27 Yanvar 202424 Fevral 2024Buxoro viloyati
Йўл, унга қарашли йўлак, лоток, ариқ ва бошқаларнинг талабга мувофиқ эмаслигиИшонч телефони26 Oktabr 202323 Fevral 2024Toshkent viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati

Foydali resurslar