
Namangan viloyatining aksariyat hududlariga tabiiy gaz yetib bormaganligi sababli aholining asosiy qismi suyultirilgan gazdan foydalanib keladi.
Ayni shu boisdan ham tabiiy gaz kirib bormagan joylarda iste’molchilarni bir maromda suyultirilgan gaz bilan ta’minlash "gazchi"lar oldida turgan ustuvor vazifa hisoblanadi.
Qayd etish joiz, joriy yilning 1 iyul holatiga viloyat shahar va tumanlarida jami 453 ming 391 nafar suyultirilgan gaz iste’molchisi bo‘lib, shu yilning yanvar-iyun oylari davomida "Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali tomonidan "Mahallabay" ishlash tizimi asosida 37 ming 781 tonna suyuq gaz yetkazib berildi. Birgina, o‘tgan oyning o‘zida iste’molchilar 5 ming tonna suyultirilgan gaz bilan ta’minlandi.
– Prezidentimiz farmoniga asosan Qurbon hayiti kuni munosabati bilan besh kunlik bayram va qo‘shimcha dam olish kunlari e’lon qilindi, hamyurtlarimizning dam olish vaqtlarida ham ro‘zg‘ori bekami ko‘st bo‘lishi uchun xonadonlarga suyultirilgan gaz bir maromda uzluksiz yetkazish choralari ko‘rildi, – deydi "Hududgaz Namangan" gaz ta’minoti filiali direktori o‘rinbosari Ibrohimjon Mamadjonov. – Xususan, o‘tgan to‘rt kun mobaynida iste’molchilarga 1030 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi.
| Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
|---|---|---|---|---|
| Суғурта фаолияти | Президент почтаси | 19 Sentabr 2024 | 27 Sentabr 2024 | Farg`ona viloyati |
| Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
| Пиллачилик соҳасига оид масалалар | Ишонч телефони | 26 Iyun 2024 | 3 Iyul 2024 | Andijon viloyati |
| Электр таъминотидаги узилишлар | Ишонч телефони | 28 Iyun 2024 | 19 Iyul 2024 | Sirdaryo viloyati |
| Ишдан бўшатилганда якуний ҳисоб-китоб пулларининг тўланиши | Ишонч телефони | 1 Iyul 2024 | 19 Iyul 2024 | Jizzax viloyati |